“Samsung” “Exynos” chipsetlaridan voz kechishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Phonearena” nashri xabar berdi.
Kompaniya o‘z chiplarini ishlab chiqishni to‘xtatmaydi, lekin rebrending qiladi va “Exynos"ni “Dream Chip” bilan almashtiradi.
Kelgusi yil boshida sotuvga chiqariladigan “Galaxy S24” “Exynos 2400” chipi bilan chiqishini hisobga olinsa, birinchi “Dream chip” “Galaxy S25” bilan birga 2025-yilda yoki 2024-yilning oxirida e’lon qilinishi mumkin.
“Dream Chip” nomi Samsung kontekstida birinchi marta paydo bo‘layotgani yo‘q. Birinchi mish-mishlar mart oyida paydo bo‘lgandi.
O‘shanda “Dream Chip” “Exynos 2400"ning vorisi bo‘lishi va “Exynos 2500” o‘rniga 2025-yilda chiqarilishi haqida xabar berilgan edi.
Keyin u 10 yadroli 3 nm protsessor bo‘lishi xabar qilingandi. Bu “AMD “texnologiyalariga asoslangan maxsus video tezlatgichni oladi.
Avvalroq “Spot” “Samsung” smartfonlariga qo‘ng‘iroqlarni real vaqtda tarjima qilish funksiyasi qo‘shilishi haqida yozgandi.
Sun’iy intellekt tarjimoni kelasi yil chiqarilishi kutilayotgan Galaxy S24 telefonlari bilan birga taqdim etilishi mumkin.