“Google” “YouTube"da premium obunachilar uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri videoservis orqali oddiy o‘yinlarni o‘ynash imkonini beruvchi funksiyani ishga tushirdi.
Bu funksiyadan kompyuterdagi brauzerda ham, iOS va Android operatsion tizimlariga ega mobil qurilmalarda ham foydalanish mumkin.
O‘yin bo‘limi 40 ga yaqin mini-o‘yinlarni o‘z ichiga oladi. Ularga “Daily Solitaire”, “The Daily Crossword”, “Angry Birds Showdown”, “Merge Pirates”, “Farmland”, “Words of Wonder”, “Endless Siege”, “8 Ball Billiards Classic” va “Brain Out” kabi o‘yinlar kiradi.
Biroq, korporatsiya ushbu bo‘lim kelajakda saqlanib qoladimi yoki yo‘qmi, hali qaror qilgani yo‘q.
Hozircha onlayn o‘yinlar 2024-yil 28-martgacha mavjud bo‘ladi. Keyinchalik, “Google” ushbu bo‘limni yanada rivojlantirish kerakmi yoki yopilishi kerakmi, hal qiladi.
Avvalroq “Spot” “YouTube” “Premium Lite” reklamasiz obunasini bekor qilayotgani haqida yozgandi.
Mavjud “Premium Lite” obunachilari tez orada reklama qo‘llab-quvvatlanadigan “YouTube” tomoshasiga qaytish yoki qimmatroq “YouTube Premium"ga obuna bo‘lish kabi ikkita variantga ega bo‘lishadi.