“O‘zbekneftgaz” tasarrufidagi Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi talabalar uchun stipendiya dasturini e’lon qildi. Bu haqda majmua matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Imtihonlar joriy yilning 5-dekabr kuni o‘tkaziladi.

Stipendiya dasturida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishtirok etish mumkin:

  • Issiqlik energetikasi;
  • Elektr energetikasi;
  • Texnologik mashinalar va jihozlar;
  • Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish;
  • Yuqori molekular birikmalar;
  • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi.

Dastur bir necha bosqichda amalga oshiriladi va har bir bosqich imtihon natijalari majmuaning rasmiy sayti va “Telegram"dagi kanali orqali e’lon qilib boriladi.

G‘olib bo‘lgan talabalarga 2023−2024 o‘quv yili yakunigacha stipendiya to‘lab boriladi.

Dastur haqida batafsil bu yerda ma’lumot olish mumkin.


Joriy yilning sentabrida “Uzbekistan GTL” kompaniyasi tomonidan talabalar uchun beshinchi “GTL stipendiyalar dasturi” e’lon qilingandi.