O‘zbekistonliklar Polshadagi oyna ishlab chiqarish sohasiga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Hozirda fuqarolar oyna ishlab chiqarish sohasida yordamchi ish turi bo‘yicha ishga qabul qilinmoqda.
Qabul qilinganlarga $903 (soliqlar ushlangandan keyin) miqdorida ish haqi beriladi. Tibbiy sug‘urta ish beruvchi hisobidan qoplanadi.
Ish vaqti 8 soat, haftasiga esa 40 soatni tashkil etadi. Shuningdek, smenalarda ishlash imkoni mavjud.
Nomzodlar 18 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lishi hamda rus tilida erkin so‘zlasha olishi kerak.
Shuningdek, elektr jihozlar bilan ishlash qobiliyati ega bo‘lishi, jinoiy javobgarlikka tortilmaganlik hamda O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq bo‘lmasligi kerak.
Ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ish o‘rinlari soni cheklangani sababli ro‘yxatdan o‘tish 500ta nomzod ro‘yxatdan o‘tgungacha davom etadi.
Avvalroq Saudiya Arabistonining “K-Dot Partners” kompaniyasi o‘zbekistonlik malakali xodimlarni ishga jalb qilishi haqida xabar berilgandi. Kompaniya xizmat ko‘rsatish, aviatsiya, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi hamda qurilish sohalari bo‘yicha fuqarolarni ishga joylashtirishni rejalashtirgan.