Amerikalik tadbirkor Ilon Mask “Bloomberg Billionaires Index” talqini bo‘yicha dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egalladi.
4-dekabr holatiga, “Tesla” va “SpaceX” kompaniyalari rahbarining boyligi $222 mlrdga baholamoqda. Qayd etilishicha, 2023-yil boshidan buyon u o‘z kapitalini $85,8 mlrdga oshirgan.
Ikkinchi o‘rinda “Amazon” asoschisi Jeff Bezos, uning boyligi $171 mlrdga baholangan. Kuchli uchlikni “Louis Vuitton Moet Hennessy” (LVMH) rahbari va egasi Bernard Arno $168 mlrd boyligi bilan yakunladi.
2022-yil dekabrida “Forbes” jurnali tomonidan tuzilgan yangi “Real Time Billionaires” reytingiga ko‘ra, Ilon Mask eng boy odamlar reytingida birinchi o‘rinni boy bergandi.
Kuchli uchlikni “Amazon” asoschisi Jeff Bezos $117 mlrd boyligi bilan yakunladi.
To‘rtinchi o‘rinda “Microsoft” asoschisi Bill Geyts, “Berkshire Hathaway” investitsiya xoldingi bosh direktori Uorren Baffet beshinchi o‘rinda turibdi.
2023-yil yanvar oyida Ilon Mask shaxsiy boyligini yo‘qotish bo‘yicha “Ginness rekordlari kitobi"ga kiritilgandi.
Qayd etilishicha, 2022-yilda Maskning boyligi rekord darajada, ya’ni $200 mlrdga kamaygan.
“Maskning umumiy yo‘qotishlari 2000-yilda yapon texnologiya investori Masayoshi Son tomonidan o‘rnatilgan $58,6 mlrdlik rekorddan ancha oshib ketdi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, yil davomida tadbirkor kapitalining asosini tashkil etuvchi “Tesla” aksiyalari 65%ga tushgan.
Asosiy pasayish Maskning “Twitter"ni sotib olishni e’lon qilinganidan keyin sodir bo‘lgan.