Andijonda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Havo haroratining keskin sovib ketishi tufayli tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda ijtimoiy soha obyektlari (maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqalar)ga yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.

Shundan kelib chiqib, viloyatdagi mavjud AGTKShlarga tabiiy gazni yetkazib berish joriy yilning 4-dekabridan har kunlik ertalab soat 06:00dan 15:00gacha amalga oshiriladi.

Viloyatdagi haydovchilardan avtomobillariga gaz to‘ldirish zaruriyatini shu vaqt oralig‘ida texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirishlari so‘ralmoqda.

AGTKShlar faoliyatidagi o‘zgarishlar kuzatilsa qo‘shimcha ma’lumotlar berilishi qayd etilgan.


Avgust oyida Andijonda metan gazni qimmat narxda sotgan zapravka faoliyati to‘xtatilgandi.