OPEK+ mamlakatlari 30-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunlari bo‘yicha 2024-yilda neft qazib olishni qisqartirish bo‘yicha asosiy iyun kelishuvini tasdiqladi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
2024-yilning birinchi choragida Saudiya Arabistoni neft qazib olishni sutkasiga 1 mln barrelga (b/s) yanada qisqartirishni davom ettirishi, ya’ni ishlab chiqarish hozirgi kundagi 9 mln barrel darajasida qolishi qaror qilindi.
Rossiya 2024-yilning birinchi choragi oxirigacha neft yetkazib berish hajmini 500 ming barrelga (kuniga 300 ming barrel neft va 200 ming barrel neft mahsulotlari) kamaytirishini ma’lum qildi.
Rossiya va Saudiya Arabistonidan tashqari OPEK+ mamlakatlari ham neft qazib olishni sutkasiga 700 ming barrelga qisqartirishga qaror qilganini aytdi.
Ya’ni, qo‘shimcha qisqartirishlar uzaytirilishi hisobga olinmagan holda, 2024-yilning birinchi choragida yangi qisqartirishlar doirasida jahon bozoriga kuniga 900 ming barrel kam neft va neft mahsulotlari yetkazib beriladi. Misol uchun, Qozog‘iston neft qazib olishni kuniga 82 ming barrelga, ya’ni 1,468 mln barrelga qisqartirishni boshlaydi.
OPEK+ mamlakatlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha, shuningdek, Braziliya 2024-yil yanvaridan alyansga qo‘shilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi, biroq aniq ishlab chiqarish kvotasisiz dedi “Interfaks” manbasi.
Bu mamlakatda neft qazib olishning ortishi fonida mumkin bo‘ldi. Shunday qilib, sentabr oyida u 3,672 mln barrelga yetdi, bu avgust oyiga nisbatan 6,1%ga va 2022-yil sentabriga nisbatan 16,7%ga yuqori.
Braziliya neft va gaz institutining 2023-yil iyul oyidagi hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakat ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda to‘qqizinchi, Lotin Amerikasida esa birinchi bo‘ldi.
Xuddi shu oyda Braziliyaning “Petrobras” neft va gaz kompaniyasi bosh direktori Jan-Pol Prates 2023−2024 yillarda neft qazib olish 4−5%ga o‘sishi mumkinligini aytdi.