Click yaqinda asosiy sovrin BYD Song Plus avtomobili bo‘lgan aksiyani o‘tkazgan edi. Mashinadan tashqari, kompaniya millionlab sovrinlarni tarqatdi. Aksiya ko‘plab izohlarga sazovor bo’ldi va foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholandi. Ishtirokchilar o‘yinda ishtirok etishga do’stlarini faol taklif qilishdi va sovrinlar uchun kurashishdi.
Ishtirokchilar soni rekord darajaga yetgani sababli kompaniya yangi aksiyani o‘tkazishga va bu safar pul mukofotlarini taqdim etishga qaror qildi. Sovrin fondi 1 mlrd so‘mni tashkil qiladi va 12 mln foydalanuvchilardan har biri yirik pul miqdorini yutib olish imkoniga ega. Bu pulni ishtirokchilar xohlaganidek sarflashlari mumkin.
Click`dan milliard aksiyasi — kartadan kartaga pul o‘tkazib aksiyada ishtirok etish mumkin
Ishtirokchiga aylanish uchun “Aksiya” bo‘limiga o‘tib shartlarni qabul qilish lozim. Keyin esa Click orqali pul o’tkazish kerak. Har yarim soatda foydalanuvchilar Click orqali milliard so’mdan ortiq pul o‘tkazishadi. Endilikda esa o‘tkazmalarda pul ham ishlash mumkin.
Yangi aksiya 29-noyabrdan 24-yanvargacha o’tkaziladi.
Imkoniyatlar har to‘liq 100 ming so‘mlik o‘tkazmalar uchun taqdim etiladi. Ya’ni 520 ming so‘m o‘tkazma uchun foydalanuvchi beshta imkoniyatni qo‘lga kiritadi. Yangi aksiya to‘rt bosqichga bo‘lingan va har bir bosqichda sovrin fondi ishtirokchilar tomonidan aniqlanadi. G’oliblar soni ham har bir bosqichda ovoz berish yo’li orqali aniqlanadi. Tafsilotlar bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.
Asosiy pul mukofotlari har ikki haftada random.org tasodifiy sonlar generatori orqali jonli efirda o‘ynaladi. G‘oliblar pul mukofotini Click-hamyonga qabul qilishadi.
“Juftini toping”
Asosiy pul mukofotlaridan tashqari ishtirokchilar har kuni tezkor sovrinlarni yutib olish imkoniga ega. Buning uchun “Aksiya” bo’limidagi “Juftini toping” o‘yinini o‘ynash lozim. O‘yin qoidalari oddiy: ishtirokchi taklif qilingan 12 kartadan ikkitasini tanlashi kerak. Agar tanlangan kartalar bir xil bo’lsa, ishtirokchi kartada aks ettirilgan sovrinni qo‘lga kiritadi.
O’yindagi sovrinlar:
- Click-hamyonga 10 ming so‘m;
- Click-hamyonga 100 ming so‘m;
- asosiy sovrinlar yutuqli o‘yinida qo‘shimcha bitta imkoniyat;
- asosiy sovrinlar yutuqli o‘yinida qo‘shimcha beshta imkoniyat;
- aksiya hamkorlaridan sovrinlar;
- Click-Premium obunasi.
“Juftini toping” o‘yinini haftasiga bir marta o‘ynash mumkin. Ko‘proq o‘ynashni xohlovchilar do‘stlarini taklif qilishlari kerak bo‘ladi. Har bir aksiya ishtirokchisiga aylangan do‘st uchun kompaniya qo’shimcha bir marta o‘yin o‘ynash imkoniyatini taqdim etadi.
Aksiya haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.
Instagram: @clickuz
Facebook: fb.com/click.uz
Reklama huquqlari asosida.