Oktabr oyida O‘zbekiston dunyodagi eng yirik oltin sotuvchi davlat bo‘ldi, deya xabar berdi “World Gold Council” sanoat tashkiloti.
joriy yilning oktabr oyida markaziy banklar tomonidan oltinning sof xaridlari 42 tonnani tashkil etdi, bu esa qimmatbaho metallarni sotib olish tendensiyasi pasayganidan dalolat beradi.
Sotib olingan oltin hajmi sentabrga nisbatan 41%ga kamaydi, biroq bu 2023-yilning yanvar-sentabr oylaridagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori.
Qimmatbaho metalning asosiy xaridori 23 tonna oltin xaridi bilan Xitoy bo‘ldi. Undan keyingi ikkinchi o‘rinda 19 tonna bilan Turkiya turibdi. Keyingi o‘rinlarda Polsha (3 tonna), Hindiston (3), Chexiya (2), Qirg‘iziston va Qatar (har biri 1 tonnadan) mamlakatlari mavjud.
O‘zbekiston oktabr oyida 11 tonna oltin sotgan, bu keyingi o‘rinda turgan Qozog‘istondan besh barobar yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadi.
“World Gold Council"ning qayd etishicha, qimmatbaho metalni sotib olish va sotish o‘rtasida o‘tish ikki markaziy bank uchun odatiy hol emas, O‘zbekiston va Qozog‘iston oltinni ichkaridan sotib oladi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston oktabr oyida $1,24 mlrd, o‘n oyda esa $6,87 mlrdlik oltin eksport qilgan va bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 barobarga oshgan.
Avvalroq oltin narxi tarixda birinchi marotaba bir unsiyasi uchun $2100dan oshgani haqida xabar berilgandi.