“EastFruit” tahlilchilarining ta’kidlashicha, O‘zbekistonda issiqxona biznesini rivojlantirishning pessimistik ssenariysi amalga oshirilmoqda.

Mutaxassislar O‘zbekistonda issiqxona biznesidagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarni bir qancha sabablar bilan keltirib o‘tdi.

O‘zbekistonda issiqxona pomidorining ulgurji narxlari ketma-ket to‘rtinchi yil o‘sib bormoqda va hozirda rekord darajaga yetdi.

Bu haqda “EastFruit” oktabr oyi oxirida pomidor narxi oshishi tahlillarida ham ma’lum qilgandi.

biznes, eastfruit, issiqxona

Hozir O‘zbekistonda issiqxona pomidorining ulgurji narxlari o‘tgan yilga nisbatan uchdan bir, uch yil avvalgidan esa 3,5 baravar qimmatroq.

O‘zbekistonda issiqxona pomidorining ulgurji narxi Rossiyadagi narxlar bilan deyarli bir xil, qish mavsumida esa eksport imkoniyatlarini hisobga olmaganda, bundan ham yuqori bo‘lgan.

biznes, eastfruit, issiqxona

Shuningdek, yana bir sabablardan biri bu O‘zbekistondan issiqxona pomidorlari eksporti to‘rtinchi yil ketma-ket pasaymoqda.

2019−2022-yillarga oid ma’lumotlar O‘zbekiston 2022-yil oxirida issiqxona pomidorlari eksportini 16 ming tonnadan ortiq yoki 22%ga qisqartirganini ko‘rsatmoqda.

biznes, eastfruit, issiqxona

2023-yilda ham eksportning qisqarishi davom etdi va yil oxiriga qadar O‘zbekistondan pomidor eksporti taxminan 53−55 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda.

Bu 2019-yildagidan ham kamroq bo‘lib, so‘nggi besh yil ichida eksport bo‘yicha antirekord bo‘ladi.

O‘zbekistondan issiqxona mahsulotlari eksportining kamayib ketishining sababi nimada?

Birinchi sabab — “EastFruit” tahlilchilarining fikricha, asosiy sabablardan biri issiqxonalarning tabiiy gazdan foydalanishini taqiqlashdir.

Joriy yildan boshlab O‘zbekistonda issiqxona ishlab chiqaruvchilari gazdan uzilib, ko‘mir bilan isitish tizimiga o‘tishga majbur bo‘ldi, bu esa issiqxona biznesining iqtisodini butunlay o‘zgartirdi va issiqxonada sabzavot yetishtirish samaradorligini keskin pasaytirdi.

Ikkinchi sabab — O‘zbekiston issiqxona korxonalarida xorijiy valyutadagi qarzlari bilan qarzdorlikning yuqoriligi bo‘lib, bu O‘zbekiston valyutasining qadrsizlanishi fonida ko‘p hollarda qarzga xizmat ko‘rsatishning imkoni yo‘qligi va ishlab chiqaruvchilarning amalda bankrot bo‘lishiga olib kelgan.

Uchinchi sabab — bozorda raqobatning keskin kuchayishi, birinchi navbatda Turkmaniston, bu esa bir necha yildan buyon o‘zbek issiqxona ishlab chiqaruvchilarini an’anaviy savdo bozorlaridan siqib chiqarmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston kabi tabiiy gaz eksportchisi bo‘lgan Turkmanistonda issiqxona korxonalari gazni nihoyatda arzon narxlarda olishda hech qanday muammo yo‘q, bu esa ushbu sohaga katta sarmoya jalb qilmoqda.

To‘rtinchi sabab — xaridori an’anaviy Rossiya bo‘lgan O‘zbekistonning asosiy savdo bozoridagi iqtisodiy muammolar va valyuta devalvatsiyasi. Bu rossiyalik iste’molchilarning xarid qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

O‘zbekiston raqobatni kimga boy beryapti?

O‘zbekistonda issiqxona biznesidagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolar fonida Ozarbayjon, Eron, Turkiya va Turkmaniston o‘z mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib berishni faol oshirmoqda.

Vaziyatning rivojlanishi prognozlari — O‘zbekiston issiqxona sabzavotlarini import qiluvchiga aylanadimi?

O‘zbekistondagi issiqxonachilarga gazni qaytarish va’dalari hisobga olinsa, kelgusi mavsumda issiqxona biznesining ma’lum bir jonlanishini istisno etilmaydi.

Biroq, bu vaqtgacha issiqxona sabzavotlari ekiladigan maydonlar qanchaga qisqaradi va O‘zbekistondagi barcha korxonalar o‘z faoliyatini qayta tiklay oladimi, degan savol ochiqligicha qolmoqda, chunki ularning ko‘pchiligi bankrotlik jarayonlaridan o‘tishga majbur bo‘ladi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston issiqxona biznesida Turkmanistondan ham ma’lum afzalliklarga ega. Xususan:

  • sabzavot etishtirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha katta tajriba;
  • ko‘proq issiqxona biznesi mutaxassislari;
  • yo‘lga qo‘yilgan savdo aloqalari;

Jumladan, o‘zbek kompaniyalari bugungi kunda Turkmaniston tadbirkorlariga issiqxona pomidorini eksport qilishda yordam berishdan muvaffaqiyatli foydalanmoqda.

Gaz narxining muqarrar ravishda keskin oshishini hisobga olinsa, o‘zbek issiqxona sabzavotlari qanchalik raqobatbardosh bo‘lishi to‘liq aniq emas.

Turkmanistonda esa issiqxona ishlab chiqarishga investitsiyalarning jadal sur’atlarda va mahalliy issiqxonalarning texnologik darajasining tez o‘sishi, shuningdek, gazning ancha arzonlashgani hisobga olinsa, mamlakatda ishlab chiqarilgan issiqxona pomidorlari narxi ancha raqobatbardosh bo‘ladi.

Rossiya uchun salbiy iqtisodiy prognozlar O‘zbekistondagi issiqxona sanoatiga nisbatan pessimizmni qo‘shadigan yana bir omildir.

Katta ehtimol bilan O‘zbekistonda issiqxona pomidorlari, bodring va qalampir narxi 2023/24 qish mavsumida yuqoriligicha qolishi mumkin.

Ehtimol, turkman pomidorlari uchun tarifsiz to‘siqlar bartaraf etilsa, bu qishda Turkmanistonda ishlab chiqarilgan issiqxona pomidorlari O‘zbekiston bozoriga kira boshlashi mumkin.

Shuningdek, O‘zbekistondagi issiqxona majmualarining bir qismi issiqxona biznesining barqarorligini oshirish maqsadida yil davomida etishtirishdan yilning eng issiq davrida yetishtirishga o‘tishini taxmin qilish mumkin.