Mark Sukerberg kotirovkalar oshib borayotgan bir paytda “Meta” aksiyalarini sotdi, deya xabar bermoqda “Bloomberg” nashri.
Qayd etilishicha, sotilgan aksiyalar soni 682 ming dona bo‘lib, qiymati $185 mlnni tashkil qiladi.
1-dekabrda e’lon qilingan “MarketWatch” platformasi (Dow Jones & Company sho‘ba korxonasi) ma’lumotlariga ko‘ra, Sukerberg aksiyalarini qismlarga bo‘lib sotgan.
O‘sha paytda “MarketWatch” xabariga ko‘ra, bitim taxminan $192 mlnlik 588 mingta aksiyani o‘z ichiga olgan.
“Bloomberg” ta’kidlaganidek, “Meta'” aksiyalari narxi 2023-yil boshidan noyabr oyi oxirigacha 172%ga oshgan.
“Nasdaq” ma’lumotlariga ko‘ra, masalan, 3-yanvarda ular har bir aksiya uchun $124,74dan, 22-noyabrda esa $341,49dan sotilgan.
2023-yil dekabr oyi boshida Sukerberg kompaniyaning taxminan 13%iga egalik qiladi, bu aktivlar uning deyarli butun boyligini tashkil qiladi, bu $117,7 mlrdga baholanadi.
Avvalroq “Spot” “Meta” “Messenger” uchun sun’iy intellektga asoslangan chat-botlarni taqdim etgani haqida yozgandi.
Chat-botlar har biri o‘ziga xos xususiyat va ixtisoslikka ega bo‘lib, foydalanuvchi savollariga javob beradi.