Joriy yilning o‘tgan davrida 26ta noqonuniy mayning ferma aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbout xizmati xabar berdi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan mayning fermalar faoliyati elektr energiyasini o‘g‘irlash orqali amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.
Natijada, talon-toroj qilingan 29 mln kVt elektr energiyasi 58,2 mlrd so‘mga teng bo‘lib, 145 mingta xonadonning bir oylik iste’mol ehtiyojini qoplashga yetardi.
Qonun buzilish holatlarini sodir etgan 29ta shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) tegishli qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Mayning faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib energiya resurslarini juda ko‘p miqdorda talon-toroj qilish Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zatilishiga hamda 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo tayinlanishi mumkin.
Mazkur yo‘nalishda nazorat tadbirlari davom etmoqda.
Avvalroq, Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 2,8 mlrd so‘m, Quva tumanida esa 12,3 mlrd so‘m, Xorazmda davlatga 1 mlrd so‘m, Navoiyda 24 mlrd so‘m va 9,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlangandi.