Farg‘ona viloyatida yana bir mayning ferma faoliyati to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Inspeksiya tomonidan viloyatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishlarning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Uning natijasida Uchko‘prik tumanining “Bog‘ibo‘ston” mahallasida faoliyat ko‘rsatuvchi MChJda fuqaro M.A.ning mayning qurilmalarini noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.
Fuqaro o‘zboshimchalik bilan elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatib, mayning qurilmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulagan.
Dastlabki qayta hisob-kitoblarga ko‘ra, M.A. tomonidan tizimga 2,8 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim etildi.
Avvalroq Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan kriptovalyuta ishlab chiqarish bilan shug‘ullangani aniqlangandi. Elektr ta’minoti korxonasining 12,3 mlrd so‘mlik mulki talon-toroj qilgan.
Shuningdek, Xorazmda davlatga 1 mlrd so‘m, Navoiyda 24 mlrd so‘m va 9,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan mayning fermalar aniqlangandi.