Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun $100 mln miqdorida siyosat choralariga asoslangan qarz ajratilishini ma’qulladi.

OTBning Kichik va o‘rta korxonalarni rivojlantirish dasturi xususiy sektorni rivojlantirishga asoslangan iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish va kichik va o‘rta korxonalarning COVID-19 pandemiyasi natijasida bo‘lgan kabi iqtisodiy zarbalarga chidamliligini oshirish uchun ularning faoliyat muhitini yaxshilashga yordam beradi.

Bu dastur doirasidagi ikkinchi kichik dastur bo‘lib, birinchi kichik dastur doirasida hukumat tomonidan amalga oshirilgan siyosat, tartibga solish va institutsional islohotlarga asoslanadi.

“Dastur OTBning O‘zbekistondagi kichik va o‘rta korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli navbatdagi qadamidir”, dedi OTBning Markaziy va G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov.

OTB dasturi O‘zbekiston hukumatini yuqori foiz stavkalari va yuqori garov talablariga ega banklar hukmronlik qiladigan moliya sektorida kichik va o‘rta korxonalar o‘z rivojlanishining turli bosqichlari uchun zarur bo‘lgan turli moliya shakllaridan foydalanishda ular duch keladigan muammolarni har tomonlama hal etishda qo‘llab-quvvatlaydi.

Dastur biznes yuritish xarajatlarini oshiradigan va ayollar biznesiga nomutanosib ta’sir ko‘rsatadigan tartibga solish va ma’muriy yuklarni yengillashtirishga yordam beradi.

Bu eksport mahsulotlari va bozorlarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, raqamlashtirish orqali samaradorlikni oshirish orqali kichik va o‘rta korxonalarning savdo raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi.

Shuningdek, bozor talablariga javob beradigan ko‘nikmalarni, ayniqsa, ayollar va yoshlarning bunday ko‘nikmalarini ish bilan ta’minlanishi imkoniyalarini oshirish uchun rivojlantirishga yordam beradi.

“Dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar kichik va o‘rta korxonalarning o‘sishi va rasmiylashtirilishini rag‘batlantiradi va o‘z navbatida soliqqa tortish bazasini kengaytirish va ichki resurslarni safarbar qilishga yordam beradi”, — dedi OTBning Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Priyanka Soud.