Joriy yilning o‘tgan davrida AGTKShlar tomonidan 110,4 mlrd so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘irlanganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan davrda 38ta korxona tomonidan 98,8 mln kub tabiiy gaz talon-toroj qilingan.

agtksh, gaz, talon-toroj

Natijada, jamiyat va ta’minotchi korxona mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompresslash faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib tabiiy gazni ko‘p miqdorda talon — toroj qilish Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zatilishiga hamda 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazo tayinlanishi mumkin.


Avvalroq “Spot” Sirdaryoda ikkita gaz zapravka 6,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani haqida yozgandi.

Mazkur AGTKShlar tarmoqqa noqonuniy ulanib, elektr energiyasidan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Toshkent shahri va viloyatidagi 3ta gaz zapravka yirik miqdordagi tabiiy gazni talon-toroj qilgani xabar berilgandi.

AGTKShlar gazning haqiqiy sarfini kamaytirib ko‘rsatish maqsadida hisobga olish priborini ulash tartibi hamda sxemalari o‘zgartirgan. Natijada, 34,6 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

Bundan tashqari, sentabr oyida Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi 2 ta “zapravka” 2,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani ma’lum bo‘lgandi.

Noyabr oyining dastlabki 10 kunida ayrim iste’molchilarning elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishlari bo‘yicha qonun buzilish holatlari kuzatildi.

Iste’molchilar 11,33 mlrd so‘mlik elektr energiyasi hamda 3,56 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.