“Google” “Gmail” pochta xizmatiga “TensorFlow” neyron tarmog‘ida ishlovchi yangi spam-filtr, “Resilient & Efficient Text Vectorizer” (RETVec) qo‘shdi.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bu so‘nggi yillardagi eng yirik xizmat yangilanishlaridan biridir.

Yangi spam-filtr maxsus belgilar, emojilar va matn terish xatolarini samarali taniy oladi, buni faqat odam ilgari o‘ylab qilgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, algoritm grafik jihatdan bir-biriga o‘xshash, ammo ma’nosi turlicha bo‘lgan xabarlarni tushunadi.

Qayd etilishicha, RETVec spam-filtri ilg‘or kodlovchi dastur asosida o‘qitilgan va 100 dan ortiq tillarda ishlaydi.

Ta’kidlanishicha, “Google” RETVec matnlarni inson kabi o‘qishga harakat qilgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, yangi spam-filtr avvalgisidan 38%ga yaxshi ishlaydi, noto‘g‘ri pozitivlar soni ham 19,4%ga kamaydi.


Avvalroq “Google” Duet AI endi foydalanuvchilar o‘rniga elektron pochta xabarlarini yozishi haqida xabar berilgandi.

Bunda Gmail foydalanuvchilari elektron pochta xabarlarini yozishda yordam berish uchun turli xil variantlarni taklif qiladigan “menga yozishga yordam bering” tugmachasidan foydalanishi mumkin.

Shuningdek, “Gmail"da elektron pochta xabarlarini og‘zaki o‘qib berish funksiyasi qo‘shilishi ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, funksiya sayohat paytida yoki uchrashuvga ketayotganda xabar yuborishi kerak bo‘lganlar uchun foydali vosita bo‘lishi mumkin.