Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida rus tilini o‘rganish markazi ish boshladi. Bu haqda “TACC” nashri “Rossotrudnichestvo"ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot ximzatiga tayanib xabar berdi.
“Bugun Termiz shahrida O‘zbekistonda birinchi rus tilini o‘rganish resurs markazi ochildi”, — deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, markaz Termiz davlat universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Avvalroq vakolatxona respublikada rus tilini o‘rganish bo‘yicha ikkita markaz ochish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, resurs markazlarini yaratish va rivojlantirish yosh o‘zbekistonlik fuqarolarning rus tilini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, ular O‘zbekistonda rus madaniyati va ta’limini ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan.
Ikkinchi shunday markaz 7-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida ochilishi kutilmoqda.