“Google” o‘zining eng katta sun’iy intellekt modeli “Gemini"ni taqdim qildi, deya xabar bermoqda “vc.ru” nashri.

U multimodal sun’iy intellekt modeli bo‘lib, matn, tasvir, video, audio va kodlarni tahlil qila oladi hamda qayta ishlaydi. Sun’iy intellekt modeli uchta versiyada taqdim etilgan: “Gemini Nano”, “Gemini Pro” va “Gemini Ultra”.

“Gemini Pro” allaqachon “Bard” chat-botida ishlatiladi. U 170 dan ortiq mamlakatlarda ingliz tilida so‘rovlar uchun mavjud. U “Google” qidiruv tizimiga 2024-yilda kiritilishi rejalashtirilgan.

“Google"ning Pixel 8 smartfonlariga esa “Gemini Nano” versiyasi qo‘shildi.U qurilmaning o‘zida va internetga ulanmasdan ishlaydi.

Uning yordami bilan foydalanuvchilar “Gboard” klaviaturasidan foydalanganda “WhatsApp"da yozib olingan audioni qayd qilishlari va qoralama javoblar yaratishlari mumkin.

Kelajakda kompaniya ushbu modelni boshqa xizmatlarga qo‘shishni rejalashtirmoqda, uchinchi tomon Android ilovalarini ishlab chiquvchilari ham undan foydalanishlari mumkin.

“Google” “Gemini Ultra"ning eng kuchli versiyasi matematika, fizika, tarix, tibbiyot, huquq va boshqalarni o‘z ichiga olgan 57 fan bo‘yicha testlar bo‘yicha inson mutaxassislaridan ustun ekanligini aytdi.

2024-yil boshida kompaniya “Gemini Ultra"da ishlovchi “Bard Advance” chatbotini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Modeldan ma’lumotlar markazlari va korporativ xizmatlarda ham foydalanish mumkin, deb yozadi “The Verge”.


Avvalroq “Spot” “Google” “Bard” chat-botiga yangi funksiyani qo‘shgani haqida yozgandi.

Chat-bot “YouTube"dagi video tomosha qilishni va ularning mohiyatini qayta aytib berishni, ko‘rgan narsalari haqidagi savollarga javob berishni o‘rgandi.

Shuningdek, “Google” sun’iy intellektga ega “Assistant with Bard"ni ishga tushirgani haqida xabar berilgandi.

Undan matn, ovoz yoki tasvirlar yordamida o‘zaro aloqada qilishda, ma’lumotlarni topishda foydalanish mumkin.