Qoraqalpog‘istonda gaz “zapravka"lar faoliyatiga cheklovlar o‘rnatildi, deya xabar bermoqda “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta’minoti filialiga asoslanib, “Kruz.uz” sayti.
Unga ko‘ra, hududdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berish belgilangan reja asosida soat 06:00dan 15:00gacha amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 9−14 dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston hududida havoning keskin tushib ketishi kutilmoqda.
Cheklovlar esa iste’molchilarning tabiiy gazga bo‘lgan talabining ortishi sabab, magistral gaz tarmoqlarida gaz bosimining pasayishini olish maqsadida o‘rnatilgani bilan izohlangan.
4-dekabrdan Andijondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatildi. Ularga tabiiy gazni yetkazib berish vaqti soat 06:00dan 15:00gacha qilib belgilandi.