Joriy yilning 4-dekabridan boshlab Toshkent — Angren — Toshkent yo‘nalishdagi poyezdlar vaqtinchalik harakatlanmaydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
6408/6409-sonli “Toshkent — Angren — Toshkent” yo‘nalishidagi poyezdlar 2024-yil 4-yanvarigacha harakat tarkibini modernizatsiya qilish maqsadida vaqtinchalik amalga oshirilmaydi.
Avvalroq 8-noyabrdan boshlab Toshkent — Xojikent — Toshkent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatilgandi.
Bu harakat tarkibini modernizatsiya qilish bilan izohlanib, 6435/6436-sonli Toshken-Xojikent-Toshkent hamda 6441/6442-sonli Toshkent-Xojikent-Toshkent. shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar vaqtinchalik harakatlanmasligi ma’lum qilingandi.
23-noyabrdan 6437/6440-sonli Toshkent — Xojikent — Toshkent yo‘nalishidagi elektropoyezd harakati qayta tiklandi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.