“Wildberries” marketpleysi videokonferensaloqa va vebinarlar uchun o‘zining “WB Stream” xizmatini ishlab chiqdi, deya xabar bermoqda “Vedomosti”.

Marketpleys veb-sayti va ilovasida kompaniya tomonidan yaratilgan bepul onlayn uchrashuv, videokonferensaloqa va radioeshittirish xizmatidan foydalanish taklifi paydo bo‘ldi.

“WB Stream"ning to‘liq ishga tushirilishi 2024-yilga mo‘ljallangan, biroq xizmatni allaqachon veb-versiyasida yoki iOS va Android’dagi alohida ilovada sinab ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, xizmatga bir vaqtning o‘zida 5000 tagacha foydalanuvchi ulanishi mumkin.

“WB Stream” mashhur G‘arb ishlanmalariga muqobil sifatida kompaniyaning o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqilgan, ammo kelajakda xizmatdan foydalanish barcha foydalanuvchilarga taqdim etiladi.

Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, “Wildberries” ushbu xizmatda reklama kiritishni, foydalanish uchun to‘lovlarni olishni yoki boshqa yo‘l bilan ishlanmani monetizatsiya qilishni rejalashtirmaydi.


Avvalroq “Spot” “Wildberries” O‘zbekiston mahsulotlarini Rossiyaga yetkazib berish muddatini qisqartirgani haqida yozgandi.

Savdo maydonida mamlakat mahsulotlarining sotuvi deyarli ikki baravarga oshib, $311 mlnni tashkil etgan.

Shuningdek, “Wildberries” Toshkent viloyatida logistika markazini qurish uchun $140 mln yo‘naltirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.