Moskvaning Taganskiy tuman sudi “Google” kompaniyasini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 19.7.10−4-moddasi bo‘yicha “ijtimoiy tarmoq egasining federal ijroiya organi ko‘rsatmalarini bajarmaganligi” bo‘yicha aybdor deb topdi. Bu haqda “TACC” nashri xabar berdi.

2023-yil 18-avgust kuni “Roskomnadzor” kompaniyadan “YouTube"dan “Rossiya harbiylari haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar"ni o‘z ichiga olgan videolarni olib tashlashni talab qildi.

U 17-sentabrgacha buyruqni bajarishi kerak edi, ammo buni qilmadi, shuning uchun tartibga soluvchi sudga murojaat qildi.

2023-yil dekabr oyida “Roskomnadzor” ma’muriy kodeksning 13.50-moddasi va 19.7.10−4-moddasi 1 va 2-qismlari bo‘yicha 14 ta protokol tuzganligini ma’lum qildi. Ular orasida “Google” ham bor edi.

Amerika kompaniyasi Rossiya qonunchiligida taqiqlangan ma’lumotlarni o‘chirmagani uchun bir necha bor jarimaga tortilgan.

Jumladan 2021-yilda 7,2 mlrd rubl va 2022-yilda 21 mlrd rubl. 2023-yil dekabrida “Google” kontentni nazorat qilish va kirishni cheklash bo‘yicha majburiyatlarni bajarmagani uchun 800 ming rubl to‘lash majburiyatini olgan edi.


Avvalroq “Spot” Moskva sudi “Google"ning Rossiyadagi sho‘ba korxonasini bankrot deb topgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, endi kompaniyaning mavjud mulklari qarzlarni to‘lash uchun sotiladi.

Sud bankrotlik bo‘yicha boshqaruvchi Valeriy Talyarovskiyning hisobotini 2024-yil 17-aprelga belgiladi.

Reyestrga kiritilgan kreditorlarning talablari hajmi taxminan 53,6 mlrd rublni tashkil qiladi. 2023-yil avgust oyida birinchi yig‘ilish natijalariga ko‘ra kreditorlar “Google"ning majburiyatlarini deyarli 20,2 mlrd rublga baholadilar.

“Google"ning Rossiya tuzilmasi 2022-yil may oyida o‘zini bankrot deb e’lon qilish rejasini ma’lum qildi va iyun oyida tegishli da’vo bilan sudga murojaat qildi.

Sentabr oyida Moskva arbitraj sudi kompaniya da’vosini asosli deb tan oldi va monitoring tartibini joriy qildi.