AQSh Davlat departamenti hamda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtiriladigan “Uzbekistan Business Leaders” dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.
Unda biznes, tadbirkorlik, innovatsiya, mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish va texnologiyalar sohalarida kamida besh yillik liderlik tajribasiga ega o‘zbekistonlik ishbilarmon va tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin.
Dastur turli iqtisodiy va geografik hududlardagi yosh biznes yetakchilariga innovatsiyalarning yangi shakllarini qo‘llab-quvvatlash, yetakchilikni kuchaytirish, O‘zbekistonda ham, AQShda ham xususiy sektorning iqtisodiy o‘sishini rag‘batlantirish uchun zarur bo‘lgan tajriba va ko‘nikma berishga qaratilgan.
AQSH ishbilarmon doiralari bilan hamkorlik qilish orqali o‘zbekistonlik tadbirkorlar halol savdo, ishbilarmonlik halolligi, hamkorlik va mijozlarga sodiqlik kabi qadriyatlarni o‘rganadilar va ular uyda o‘z bizneslariga moslasha oladilar.
“Uzbekistan Business Leaders” dasturi o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- AQShda to‘rt haftalik moslashtirilgan ish joyi tajribasi;
- Samarali muloqot, muzokaralar olib borish va mahoratni oshirishga qaratilgan seminarlar;
- AQSh biznesi bilan moslashtirilgan o‘zaro loyihani ishlab chiqish imkoniyati;
- Chuqur mentorlik dasturi.
Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
- O‘zbekiston fuqarosi va hozirgi rezidenti bo‘lish;
- dastur davrida 27 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lish (1974-yil 9-apreldan va 1996-yil 8-noyabrgacha tug‘ilganlar);
- bakalavr yoki undan yuqori darajaga ega bo‘lish;
- ingliz tilini yaxshi bilish (til bilishini tasdiqlovchi sertifikat talab qilinmaydi);
- biznes, tadbirkorlik, ijtimoiy media, innovatsiyalar yoki mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish sohasida 5 yillik tajribaga ega bo‘lish.
Bundan tashqari, murojaat qilish huquqiga ega bo‘lmaganlar ro‘yxati bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni jo‘natishlari kerak:
- ingliz tilidagi rezyume yoki CV;
- xalqaro pasportning yuqori sifatli elektron nusxasi;
- ichki pasportning (yoki ID karta) yuqori sifatli elektron nusxasi;
- “Participant Terms” and “Conditions Agreement"larning imzolangan nusxasi;
- pasportdagi kabi formatdagi fotosurat (bu fotosurat potensial mezbon oila, ish joyi bilan bo‘lishish va yo‘nalish hamda yakuniy dastur kitoblarida chop etilishi mumkin);
- boshqa qo‘shimcha hujjatlar.
Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagi tashkilotlardan biriga joylashtiriladi:
- kichik korxona;
- o‘rta korxona;
- yirik kompaniya;
- universitet;
- notijorat tashkilot;
- davlat organi;
- startap akseleratori.
“Uzbekistan Business Leaders” dasturi uchun har bir ishtirokchi o‘z ish joyida mezbon bo‘lib xizmat qiluvchi AQShda joylashgan tashkiliy mentor bilan bog‘lanadi. Ular onlayn ariza va suhbatni o‘z ichiga olgan ariza berish jarayoni orqali tekshiriladi.
Mentorlar talabalarga o‘z vaqtlarini boshqarishda, ularni ish joyiga moslashtirishda, topshiriqlar berishda, professional uchrashuvlar o‘rnatishda va o‘zaro tashrif loyihasini ishlab chiqishda yordam berishadi.
Qabul qilingan ishtirokchilarga barcha xarajatlar, jumladan AQShga borish va qaytish aviachiptalari, turar joy, oziq-ovqat hamda viza mablag‘lari qoplab beriladi.
Ayni paytda kelasi yilda o‘tkaziladigan dastur uchun arizalar qabul qilinmoqda. Dastur 2024-yilning iyulidan avgustigacha davom etadi.
Unda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar arizalarni 2024-yilning 5-yanvarigacha havola orqali jo‘nayishlari mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Shuningdek, dastur haqidagi savollarni ubl@americancouncils.org elektron pochtasi yoki +988 78 150 71 50 telefon orqali bildirish mumkin.
Foydali havolalar:
Avvalroq AQShda o‘tkaziladigan TechWomen dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.