O‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
Fuqarolar ayni paytda mehmonxona xizmatchisi ishlariga jalb qilinadi.
Ish vaqti oyiga 210 soatni tashkil etib, 600 yevro (soliqlar to‘langandan keyin) miqdorida ish haqi beriladi.
Qabul qilingan ishchilarning barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi.
Nomzodlar 25 yoshdan 45 yoshgacha, tajribaga ega bo‘lishi, rus yoki ingliz tilida so‘zlasha olishi kerak.
Shuningdek, sudlanmaganlik hamda O‘zbekistondan chetga chiqishga ta’qiq yo‘qligi ham talab etiladi.
Slovakiyada ishlash istagidagi fuqarolar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Bunda arizalar qabuli 50 nafar fuqaro ro‘yxatdan o‘tgandan keyin to‘xtatiladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Avvalroq Turkiya bilan o‘zbekistonliklar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yaratishda hamkorlik qilinishi haqida xabar berilgandi. Mamlakat ish beruvchilari bilan qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalariga o‘zbekistonliklarni jalb qilish bo‘yicha dastlabki kelishuv imzolandi.