Shvetsiyaning “Ericsson” kompaniyasi O‘zbekistonda ofisini ochmoqchi, deya xabar berdi “Dunyo” nashri.
O‘zbekiston delegatsiyasining Shvetsiyaga tashrifi doirasida TIVning Yevropa mamlakatlari va YI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Shahavdinov “Ericsson AB” kompaniyasi bilan uchrashdi.
Unda kompaniyaning mamlakat bo‘ylab barcha hududlarda 5G mobil aloqa baza stansiyalari qamrovini kengaytirish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, mahalliy telekommunikatsiya kompaniyalarining mobil baza stansiyalarini modernizatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tomonlar kompaniyaning O‘zbekistonda rasmiy ofisini ochish imkoniyatini o‘rganib chiqdi.
Keyingi muzokaralar “Ericsson” vakillarining mamlakatga tashrifini amalga oshirish orqali vazirlik va idoralar bilan davom ettiriladi.
Avvalroq Toshkentda Saudiya Arabistonining “Vision invest” kompaniyasining mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi haqida xabar berilgandi.
Undan keyin Qatarning “Power International Holding” kompaniyasi ham noyabrda ofisini ochishi ma’lum bo‘lgandi.