O‘zbekistonning oltita hududida metan “zapravka"lar faoliyatiga qo‘shimcha cheklovlar kiritildi. Bu haqda “Hududgazta'minot” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aholi iste’molchilarida uzilishlarni oldini olish maqsadida 13-dekabrdan Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi AGTKShlarning faoliyatida qo‘shimcha cheklovlar joriy qilindi.
Hozirgi vaqtda mazkur hududlarda belgilangan grafik bo‘yicha 1179ta avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasidan 547tasi ish faoliyatini olib bormoqda.
12-dekabrdan AGTKShlarning ish vaqti o‘zgartirilib, soat 06:00dan 12:00gacha faoliyat olib borishi belgilangandi.
Undan oldin, 8-dekabr kuni Energetika vazirligi barcha AGTKShlar faoliyatiga cheklov kiritilganini ma’lum qildi. Bunda ular faoliyati soat
Biroq, mamlakatning ayrim hududlarida bundan avvalroq metan “zapravka"lar faoliyatiga cheklovlar kiritilgandi. Jumladan, 4-dekabrdan Andijondagi AGTKShlar faoliyatiga cheklovlar o‘rnatilib, ularga tabiiy gazni yetkazib berish vaqti soat 06:00dan 15:00gacha qilib belgilandi.
Undan keyin, Qoraqalpog‘istonda gaz “zapravka"lar faoliyati cheklanib, hududdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berish belgilangan reja asosida soat 06:00dan 15:00gacha amalga oshiriladi.
Shuningdek, 7-dekabrdan Surxondaryodagi zapravkalar soat 08:00dan 17:00gacha, Qashqadaryoda esa 8-dekabrdan soat 06:00dan 15:00gacha faoliyat yurita boshladi.