Toshkent shahrining Chilonzor tumanida “Mikrokreditbank"ning bosh ofis binosi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda E-auksion ma’lumotlarida keltirilgan.
To‘rt qavatli bino 1982-yilda qurilgan bo‘lib, Oqtepa maydoni yaqinidagi 0,34 gektar yer uchastkasida joylashgan.
Bino ichida umumiy maydoni 940 kvadrat metr bo‘lgan 89 ta xona mavjud. Shundan foydali maydoni 849 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Binoda barcha kommunikatsiyalar — elektr, gaz, suv va kanalizatsiya bor.
Lotning boshlang‘ich narxi 115,3 mlrd so‘m, zakalat puli esa 1,1 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Auksion 12-yanvar kuni 10:00 da o‘tkaziladi hamda arizalar shu kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi.
Avvalroq “Spot” Toshkentdagi “Grand Capital” mehmonxonasi sotuvga qo‘yilgani haqida yozgandi.
Lotning boshlang‘ich narxi 49,97 mlrd so‘m, zakalat puli esa 2,4 mlrd so‘mni tashkil etadi.