“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2023-yil dekabridan 2024-yil martiga qadar “Toshkent-Tokio-Toshkent” yo‘nalishida bo‘ladigan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni davom ettirishga qaror qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Shu vaqtga qadar ushbu yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar faqat aprel-oktabr oylarida amalga oshirilar edi.
Mazkur aviaqatnovlar aviakompaniya tomonida so‘nggi 15-yil ichida ilk marotaba qish mavsumida tashkillashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, Yaponiyadan sayyohlar oqimini oshirish, mamlakat orqali Markaziy Osiyo, MDH, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga tranzit qatnovlarini kengaytiradi.
Shuningdek, Yaponiyada vaqtincha faoliyat olib borayotgan migrantlarga qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Avvalroq “Spot” “Uzbekistan Airways” 13-apreldan Tokioga aviaqatnovlarni tiklayotgani haqida yozgandi.
Toshkentdan Tokioga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar har hafta payshanba kunlari amalga oshiriladi.