Avvalroq O‘zbekistonning oltita hududida metan zapravkalar faoliyatiga qo‘shimcha cheklovlar kiritilgandi.
13-dekabrdan Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 547ta AGTKSh belgilangan grafik bo‘yicha ishlaydi.
Mazkur hududlardagi faoliyati cheklangan “zapravkalar” qayta ochilishi kutilmoqda. Bu haqda “Hududgazta'minot” kompaniyasining matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ayni vaqtda cheklovlar kiritilgan shoxobchalar faoliyatini qisqa fursatda tiklash maqsadida tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Vodiy viloyatlardagi metan “zapravka"lar faoliyatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini keskin oshirgan.
AYOQShlarga yetkazib beriladigan kunlik benzin hajmi 400 tonnadan o‘rtacha 800 tonnaga oshirildi. Talab etiladigan 7,8 ming tonna benzin zaxirasi vodiyga yo‘naltirilgan.
12-dekabrdan AGTKShlarning ish vaqti o‘zgartirilib, soat 06:00dan 12:00gacha faoliyat olib borishi belgilangandi.
Undan oldin, 8-dekabr kuni Energetika vazirligi barcha AGTKShlar faoliyatiga cheklov kiritilganini ma’lum qildi. Bunda ular faoliyati soat
Biroq, mamlakatning ayrim hududlarida bundan avvalroq metan “zapravka"lar faoliyatiga cheklovlar kiritilgandi. Jumladan, 4-dekabrdan Andijondagi AGTKShlar faoliyatiga cheklovlar o‘rnatilib, ularga tabiiy gazni yetkazib berish vaqti soat 06:00dan 15:00gacha qilib belgilandi.
Undan keyin, Qoraqalpog‘istonda gaz “zapravka"lar faoliyati cheklanib, hududdagi barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berish belgilangan reja asosida soat 06:00dan 15:00gacha amalga oshiriladi.
Shuningdek, 7-dekabrdan Surxondaryodagi zapravkalar soat 08:00dan 17:00gacha, Qashqadaryoda esa 8-dekabrdan soat 06:00dan 15:00gacha faoliyat yurita boshladi.