Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlari uchun yangi narxlar belgilandi. Bu haqda “O‘zsuvta'minot” matbuot xizmati ma’lum qildi.
Bu bo‘yicha, Xalq deputatlari viloyat kengashi joriy yilning 29-dekabridan amalda qo‘llaniluvchi yangi tariflarni tasdiqladi.
Xususan, bir metr kub ichimlik suv narxi quyidagicha:
- aholi uchun — 2 500 so‘m;
- budjet tashkilotlari uchun — 6 ming so‘m;
- ulgurji iste’molchilar uchun — 10 ming so‘m.
Oqova suv xizmati uchun:
- aholi uchun — 1 500 so‘m;
- budjet tashkilotlari uchun — 2 500 so‘m;
- ulgurji iste’molchilar uchun — 5 ming so‘m.
Joriy yilning 1-avgustidan Qashqadaryo viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlari uchun yangi tarifi joriy etilgandi. Bunda, aholi uchun ichimlik suvining bir kub metri 2 ming (undan oldin 1ming so‘m edi) so‘mni, kanalizatsiya xizmatlari esa 1 ming (950 so‘m) so‘mni tashkil etgandi.
2024-yildan ichimlik suv va oqova suvni chiqarib yuborish narxlari mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, tizimni rivojlantirish, moliyaviy xarajatlar, soliqlar va majburiy to‘lovlardan kelib chiqib shakllantiriladi.
Joriy yildan mamlakatning boshqa hududlarida ham chimlik va oqova suvi xizmatlari tarifiga o‘zgartirishlar kiritildi.
Xususan, joriy yilning 1-avgustidan Surxondaryo viloyatida narxlarning yangi tarifi joriy etildi. 20-avgustdan Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun narxlar oshirildi.
Shuningdek, Xorazm, Samarqand hamda Farg‘ona viloyatlarida ham ichimlik va oqova suv xizmatlari narxiga yangi tariflar belgilandi. 9-dekabrdan Toshkent shahrida, 15-dekabrdan esa Sirdaryo viloyatida ichimlik va oqova suv narxining yangi tariflari joriy qilindi.