Zamonaviy dunyoda mobil telefonlar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan. Tezkor messenjerlar, ijtimoiy tarmoqlar va videoqo‘ng‘iroqlarning paydo bo‘lishi muloqot usullarini o‘zgartirdi.

“The Washington Post” gazetasi telefon qo‘ng‘iroqlariga oid yangi etika haqida maqola chop etdi. Muallif Xezer Kelli etika bo‘yicha mutaxassis bilan qachon ovozli xabar yuborish, ketma-ket bir necha qo‘ng‘iroqlar qilish yoki jamoat joyida telefonga javob berish maqbulligini aniqladi.

Muloqot odobining yozilmagan qoidalari insonning suhbatdosh bilan munosabatlariga, yoshi va qo‘ng‘iroq turiga qarab o‘zgaradi.

Maqolada ilgari surilgan bir nechta qoidalar quyida keltirilgan:

  1. Ovozli xabarlarni qoldirmang, agar sizda aniq va o‘z vaqtida yetkazilishi kerak bo‘lgan xabarlar bo‘lsa, uni matnli xabar shaklida yozganingiz ma’qul.
  2. Yodda tutingki, rasshifrovkachi har doim ham haq emas: aksariyat qurilmalar ovozli xabarlarni transkripsiya qila oladi, shuning uchun boshqa odam sizning ovozingizni tinglamasligi, balki noto‘g‘ri matn versiyasini o‘qishi ham mumkin.
  3. Istisnolar ham mavjud: agar suhbatdoshingiz sizning ovozingizni eshitishni xohlayotganiga amin bo‘lsangiz, ovozli xabar yoki qo‘ng‘iroq qilishdan qo‘rqmang. Masalan, sizni bayram bilan tabriklash yoki ikki tomon uchun ham yoqimli mavzuni muhokama qilish.
  4. Qo‘ng‘iroq qilishdan oldin xabar yo‘lang: ogohlantirishsiz qo‘ng‘iroqlar stressni keltirib chiqaradi.
  5. Telefon qo‘ng‘irog‘iga javob berishga majbur emassiz: agar siz band bo‘lsangiz, javob bermang — bu zamonaviy etika me’yori. Avtomatlashtirilgan “gaplasha olmayman” xabarini yuborishingiz mumkin.
  6. Ovozli xabar uchun emotsiyalar, matn uchun faktlar: qaysi ma’lumotni yetkazmoqchi ekanligingizni o‘ylab ko‘ring va qaysi aloqa usuli eng samarali ekanligini belgilab oling.
  7. Favqulodda vaziyatlardan tashqari holatlarda kuting: agar qo‘ng‘irog‘ingizga birinchi urinishda javob berilmasa, qayta qo‘ng‘iroq qilish yaramaydi. O‘zi aloqaga chiqishini kuting.
  8. Jamoat joylarida baland ovozda gaplashmang: quloqchinlardan foydalaning yoki qo‘ng‘iroqni keyinroqqa qoldiring. Hatto quloqchinlar orqali gaplashayotganda ham siz boshqalarning shaxsiy chegaralarini buzgan bo‘lishingiz mumkinligini yodda saqlang.
  9. Qo‘ng‘iroqlar bo‘lishi kerak: telefon qo‘ng‘iroqlari — bu kundalik hayotdan butunlay chiqarib tashlanmasligi kerak bo‘lgan ajoyib aloqa usuli. Ko‘p vaziyatlar mavjud bo‘lib, ular nafaqat mos, balki boshqa aloqa usullariga qaraganda samaraliroq.

Qo‘ng‘iroqlar bo‘lishi kerak: telefon qo‘ng‘iroqlari — bu ajoyib aloqa usuli, uni kundalik hayotdan butunlay chiqarib yubormaslik zarur. Ular nafaqat mos, balki boshqa aloqa usullariga nisbatan samaraliroq bo‘lgan ko‘plab holatlar mavjud.

“Spot” turli soha vakillari bilan suhbatlashib, ularning telefon qo‘ng‘iroqlari, ovozli xabarlar va raqamli aloqa madaniyatiga munosabatini bilishga qiziqdi. Barcha qahramonlardan ogohlantirishlarsiz qo‘ng‘iroqlar yoki ovozli xabardan qaysi biri yomonroq ekanligini tanlash so‘ralgan.


instagram, so'zlashish madaniyati, telefon

Alisher Jumaniyozov,

Yangi MarketingTelegram"-kanali muallifi.

Pozitsiyasi: ogohlantirishsiz qilingan qo‘ng‘iroqlar yomonroq.

Raqamli etiket — bu jamiyatdagi har bir kishi bir-biri bilan muloqot qilishda o‘zini qulay his qilish imkonini beruvchi qoidalar va me’yorlar to‘plami.

Men ovozli xabarlardan ko‘ra matnli xabarlarni afzal ko‘raman, chunki o‘qish osonroq. Yaxshiyamki, “Telegram"da premium-obunalar paydo bo‘lishi bilan audioni transkripsiya qilish imkoniyati yaraldi. Endi hamma g‘olib.

Menga kamdan-kam audio yuborishadi, agar shunday qilishgan taqdirda, men auidolarni transkripsiya qilaman, chunki ularni eshitish doim ham qulay bo‘lavermaydi, ko‘pincha esa shunchaki eshitishni xohlamayman, o‘qish yaxshiroq baribir.

Kamdan-kam hollarda qo‘ng‘iroq qilaman, deyarli hech qachon qilmayman, desam ham bo‘ladi. Oxirgi marotaba kimga va qachon qo‘ng‘iroq qilganimni ham eslolmayman. Ogohlantirmasdan qo‘ng‘iroq qilishsa, ko‘pincha javob bermayman.

Telefonda gaplashishni yoqtirmayman va faqat yaqinlarimdan u-bu kim bo‘lsagina javob beraman, chunki ular qandaydir sabab bilan qo‘ng‘iroq qilishayotgan bo‘lishadi. Qolgan vaziyatlarda messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali yozishishni ma’qul ko‘raman.

Soat 18:00dan keyin ham xabar jo‘natish mumkin, deb o‘ylayman. Menimcha, bu normal holat va xabarlarga qulay vaqtda javob berish ham xuddi shunday. Asosiysi, zudlik bilan javob berishlarini kutmaslik kerak. Agarda sizda qandaydir shoshilinch holat bo‘lib qolsa, bu haqda xabar bergan yaxshiroq.

Menimcha, qo‘ng‘iroqlarsiz hayot yanada qulayroq, siz o‘z ritmingizda bo‘lasiz. O‘zingizga qulay bo‘lganida javob berasiz: bu xuddi internetda serial tomosha qilish kabi — qachon ko‘rishni o‘zingiz hal qilasiz. Bugungi kunda moslashuvchanlik mavjud. Bu esa hozir suhbatni boshlagan kishi uchun emas, balki ikkala tomon uchun ham qulaydir.


instagram, so'zlashish madaniyati, telefon

Anastasiya Li,

prodyuser, “DBLA” gibrid production-studiyasining hammuassisi.

Pozitsiyasi: ogohlantirishsiz qilingan qo‘ng‘iroqlar yomonroq.

Men uchun raqamli etiket shaxsiy chegaralarni saqlash va boshqalarni hurmat qilishdir. Men matnli xabarlarni afzal ko‘raman, ovozli xabarlarni esa yoqtirmayman, chunki aytmoqchi bo‘lgan narsangizni to‘g‘rilash juda qiyin. Odatda, ovozli xabarlarda keraksiz ma’lumotlar juda ko‘p bo‘ladi, asosiy mohiyat esa — kam.

Agar ogohlantirishsiz qo‘ng‘iroq qilishsa, odatdagidek munosabatda bo‘laman va aksariyat hollarda noqulay vaziyatda bo‘lib qolsam, qo‘ng‘iroq qiluvchiga nisbatan agressiya va “qarg‘ishlarsiz” telefonni ko‘tarmay qo‘ya qolaman.

Telefonim doim ovozsiz rejimda bo‘ladi, shuning uchun ham soat 18:00dan keyin kelgan xabarlar meni bezovta qilmaydi. Ammo ularni o‘zim uchun qulay vaqtda, odatda tez o‘qiyman. Har doim “Telegram” orqali bog‘lanishlarini so‘rayman, uning premium versiyasini sotib olganman.

Faqat favqulodda yoki muhim vaziyatlarda qo‘ng‘iroq qilishim mumkin. Menimcha, bugungi kunda hamma qo‘ng‘iroqlarga qarshi, chunki har doim noto‘g‘ri vaqtda qo‘ng‘iroq chalinadi va odatda eshitganlaringizni eslab qolishning ilojisi yo‘q. Ma’lumotlar, voqealar va vazifalarning yirik oqimi telefon suhbatida aytilganlarni eslab qolish imkonini bermaydi.


instagram, so'zlashish madaniyati, telefon

Madina Ro‘zmatova,

PR bo‘yicha mutaxassis, “O‘zbek PR’ining Kerri Bredshousi” “Telegram"-kanali muallifi.

Pozitsiyasi: ogohlantirishsiz qilingan qo‘ng‘iroqlar yomonroq.

Men uchun onlayn va oflayn hayot o‘rtasida hech qanday tafovut mavjud emas, shu sabab ham bugungi kunda raqamli etiket oddiy hayotdagi kabi shaxsiy chegaralarni saqlash qoidalarini anglatadi. Masalan, quyidagicha:

  • kechqurun bezovta qilmaslik kerak va agar chindan ham zarur bo‘lsa, uni qanday qilib ekologik jihatdan amalga oshirish haqida o‘ylash zarur;
  • so‘ralmagan maslahatlarni bermaslik;
  • shaxsiy fikrni majburiy yuklash.

Menga matn orqali muloqot qilish osonroq va agar etiketga qaytadigan bo‘lsak, men “Telegram” yoki “Instagram"da notanish odamlarning ovozli xabarlarini eshitmaydiganlar sirasidanman. Agar o‘zim ovozli xabar jo‘natadigan bo‘lsam, buning uchun uzr so‘rayman.

Ogohlantirishlarsiz qilingan qo‘ng‘iroqlarga mening reaksiyam — “go‘shakni ko‘tarma”.

Ilgari “Telegram” profilimda “soat 20:00gacha mumkin” deb yozib qo‘yardim. Hozir uni olib tashlaganman, chunki bir nechta vaqt mintaqalarida ishlayman. Tanishlar, mijozlar va hamkasblar uchun hech qanday cheklovlar yo‘q, lekin agar band bo‘lsam yoki o‘sha paytda gaplashishni xohlamasam javob bermasligim mumkin va bundan o‘zimni aybdor his qilmayman.

“Telegram"ning premium obunasi ajoyib. Uni birinchilardan bo‘lib sotib olganman.

Juda kamdan-kam hollarda, faqat bu formatdagi ma’lumotni yaxshiroq qabul qiluvchilar bo‘lsagina qo‘ng‘iroq qilaman. Masalan, dadam SMS yozishni yomon ko‘radilar, shuning uchun ham ularga telefon orqali bog‘lanishga harakat qilaman. AQShga sayohatimdan keyin do‘stlarim bilan “FaceTime” orqali gaplashishni yaxshi ko‘rib qolganman.

Bugungi kunda ko‘pchilik katta axborot oqimi tufayli ovozli xabarlar va qo‘ng‘iroqlarga qarshi kurashishmoqda, insonlar stressni qanday boshqarishni bilishmaydi. Hozir “business wellness"da bizni sukunatga, xotirjamlik makoniga qaytarishga qaratilgan ko‘plab amaliyotlarni uchratib qolaman. Yakshanba kunlari telefonsiz kun tashkil qilaman va yaqinlarim javob bermasligimga o‘rganib qolishgan. Lekin o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlarga javoban qayta telefon qilishga harakat qilaman.

O‘zbekistonda “qo‘ng‘iroqqa qarshi” amaliyot aniq ifodalanmagan. “Beeline"da faoliyat yuritganimda, biz “VEON"ning 12 mamlakati orasida ovozli qo‘ng‘iroqlar bo‘yicha rekord o‘rnatganmiz. Xalqimiz o‘z ovozi bilan muloqot qilishni, bir-birini ko‘rishni, “alo” deyishni yaxshi ko‘radi. Telefonda va “Zoom"da soatlab, charchamasdan gaplasha oladigan do‘stlarim bor. Menimcha, shu sabab ham biz shaxsiy chegaralar bilan yomon munosabatda bo‘lamiz va ba’zida ularni konfliktlar orqali qurishimizga to‘g‘ri keladi.

O‘ylaymanki, keyingi avlod ovozli xabarlar bilan o‘gir bosiq munosabatda bo‘lishadi, chunki ovozli yordamchilar erasi kelmoqda. “Alisa”, “Siri” yoki “Alexa” bilan suhbatlashishga odatlanganingizdan so‘ng, mobil telefoningizga qo‘ng‘iroqlarni ham osongina qabul qilasiz.


instagram, so'zlashish madaniyati, telefonТimur Musin,

O‘zbekiston restoratorlar va otelyerlar uyushmasi raisi, “Caravan Group” restoranlar tarmog‘i asoschisi.

Pozitsiyasi: ogohlantirishsiz qilingan qo‘ng‘iroqlar yomonroq.

Menimcha, raqamli etika oilada va ijtimoiy doirada juda tez shakllangan munosabatlar: imlo xatolariga yo‘l qo‘ymaslik, ish vaqtidan keyin xabar jo‘natmaslik va notanish odamlarga ovozli xabarlar yubormaslik, oldindan ogohlantirmasdan qo‘ng‘iroq qilish protokolidir.

Men, albatta, ish vaqtida ham matnli xabarlar jo‘natish tarafdoriman. Ovozli xabarlarni faqat yosh bola yoki yaqin insonim yuborgan taqdirdagina qabul qilaman.

Ogohlantirmasdan qilingan qo‘ng‘iroqlarga esa keskin munosabatdaman, bu menga yoqmaydi. O‘zim faqat yaqinlarimga qo‘ng‘iroq qilaman. Hamkasblarim bilan bog‘lanishning maqbul usullarini muhokama qilamiz. Hozir “Telegram"dagi ovozli xabar transkripteri juda ajoyib ishlayapti, obunani sotib olganman.


instagram, so'zlashish madaniyati, telefon

Botir Arifjonov,

Astrum” IT Akademiyasi asoschisi.

Pozitsiyasi: ogohlantirishsiz qilingan qo‘ng‘iroqlar yomonroq.

Raqamli aloqa orqali muloqot qilishda boshqalarning vaqtini hurmat qilish raqamli etiket hisoblanadi.

Menga matnli xabarlar afzalroq, ovozli xabarlarga esa salbiy munosabatdaman. Shuningdek, ogohlantirishsiz qilingan qo‘ng‘iroqlarga ham fikrim salbiy.

Doim faqat “Telegram” yoki elektron pochtamdagi nikneymimni ulashaman. Telefon raqamim faqat yaqinlarim uchun. Odatda matnli xabarlarni yuborishlarini so‘rayman, agarda matnli xabar jo‘natish qiyin bo‘lsagina audio xabarlarni qabul qilaman va ularni 2x tezlikda eshitaman.

Men uchun qo‘ng‘iroqlar g‘azablantirish xususiyati bo‘yicha birinchi, keyingi o‘rinda esa ovozli xabarlar turadi. Ammo, afsuski, ogohlantirishsiz qo‘ng‘iroq qilganlar keyin uzoq ovozli xabar bilan tugaydi. Men o‘zim faqat yaqinlarimga qo‘ng‘iroq qilaman va keyin ogohlantirish bilan.

Men uchun g‘azablanish darajasi bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar birinchi o‘rinda turadi, keyin o‘rinda esa ovozli xabarlar. Ammo, afsuski, ogohlantirishsiz qilingan qo‘ng‘iroqlar uzoq vaqtli ovozli xabar bilan yakunlanadi. O‘zim faqat yaqinlarimga qo‘ng‘iroq qilaman va albatta oldindan bu haqda ularni ogohlantiraman.

“Telegram"ning premium obunasini sotib olgan, lekin transkriptlar o‘zbek tilini tushunmaydi, ayniqsa aralash tilda gapirilgan bo‘lsa, bu undan ham battarroq.

Afsuski, mamlakatimizda raqamli kalendar mashhur emas. Masalan, agar “payshanba kuni soat 14:45da gaplashsak bo‘ladimi?” deb so‘rasangiz, ko‘pchilik shunchaki “keling, payshanba kuni ertalab qo‘ng‘iroqlashamiz” deyishadi. Bu qanday bo‘lishi mumkin, men tushunmayman. Biznesga taqvimni saqlash madaniyatini singdirish kerak, bu esa ishni rejalashtirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi.

Raqamli aloqa muloqotni osonlashtirdi va qulay qildi. Ko‘pchilik buni suiiste’mol qiladi va uning qo‘ng‘irog‘idan ham muhimroq boshqa ishi borligini tushunmaydi.

O‘ylaymanki, agar siz etiketga qat’iy rioya qilsangiz, kontaktlaringiz prinsiplaringiz bilan hisoblasha boshlaydi va hamma narsa asta-sekin yaxshilanadi.


instagram, so'zlashish madaniyati, telefon

Lola Islamova,

“Anhor.uz” sayti bosh muharriri.

Pozitsiyasi: qo‘ng‘iroqlar va ovozli xabarlarga neytral munosabatda.

Raqamli etiket — bu internetda, ijtimoiy tarmoqlarda, elektron pochta va boshqa onlayn muloqotlarda o‘zini tuta bilish qoidalarining jamlanmasi. Mazkur qo‘llanmalar shaxsiy hayotga hurmat, mualliflik huquqi, raqamli muhitga asoslangan samarali muloqot qilish uchun kiberxavfsizlikka rioya qilishga muvofiq keluvchi onlayn hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

Ammo bugungi kunda, OAV u yoki bu ko‘rinishda onlayn faoliyat yuritganda, raqamli etiket juda muhim va turli sohalardagi mutaxassislarga o‘zini professional hamda mas’uliyatli tutishga yordam beradi.

Qo‘ng‘iroqlar va xabarlar jangida men uchun biri ikkinchisini istisno qilmaydi. Agar qo‘ng‘iroq qilishdan boshqa ilojisi bo‘lmasa, undan foydalanishimga to‘g‘ri keladi. Ogohlantirilmasdan qilingan qo‘ng‘iroqlarga kech yo barvaqt amalga oshirilmasa va shaxsiy vaqtimga xalaqit bermasa odatdagidek javob beraman. Tahririyatda hamkasblarim uchun belgilangan aloqa vaqti mavjud emas va Anhor.uz tahririyati shoshilinch masalalarda, ayniqsa xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lsa, istalgan vaqtda qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.

Ovozli xabarlar biroz zerikarli bo‘lishiga qaramay, umuman olganda, ularga toqatli munosabatdaman. Ulardan foydalanishni oqlaydigan ko‘plab omillar mavjud, bu yosh, favqulodda vaziyatda yoza olmaslik hamda ko‘rish qobiliyatining pastligi kabilardir. “Telegram” obunasini sotib olganman, bu juda foydali vosita.

Ish bo‘yicha tez-tez qo‘ng‘iroq qilaman, agar xabar o‘qilishiga ishonchim komil bo‘lmasa va telefon raqami ko‘rsatilgan bo‘lsa ular bilan telefon orqali bog‘lanishga harakat qilaman, lekin uchta chaqiruvdan keyin doim telefonni qo‘yaman.


instagram, so'zlashish madaniyati, telefon

Madina Tursunova,

Media-huquqshunos.

Pozitsiyasi: qo‘ng‘iroqlar va ovozli xabarlarga neytral munosabatda.

Raqamli etiket, boshqa har qanday odob-axloq qoidalari kabi, muayyan xatti-harakatlar normalarini anglatadi, ammo bu yerda onlayn makon haqida gap ketmoqda. Turli xil onlayn platformalar, xizmatlar va ijtimoiy tarmoqlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, raqamli etiket turlari ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

Har bir onlayn platforma mustaqil ravishda hamjamiyat qoidalari — muloqot standartlari, qaysi so‘zlarni taqiqlash va qanday nashrlarga ruxsat bermaslik kerakligini belgilaydi. Raqamli etiket internet bilan birga rivojlanmoqda va tobora xilma-xil bo‘lib bormoqda.

Qo‘ng‘iroq qilish yoki yozish vaziyatga bog‘liq. Men matnli xabarlarni yuborishni afzal ko‘raman. Bugun qo‘ng‘iroq qilish salbiy xulq-atvorga aylandi, chunki siz qo‘ng‘iroq qilmoqchi bo‘layotgan odamingiz qanday vaziyatda ekanligini, qo‘ng‘iroqingizga javob berish qulay yoki yo‘qligini bilmaysiz, shuning uchun ham oldin matnli xabar jo‘natgan osonroq. Men ovozli xabarlarga neytral munosabatdaman, ba’zan bu qulay. Men undan ortiqcha foydalanmaslikka harakat qilaman, lekin ba’zida bu matn terishdan ko‘ra yaxshiroqdir. Menimcha, ovozli xabar almashinuvi ma’lum darajadagi ijtimoiy kontaktni talab qiladi. Ularni oilaga, do‘stlarga, ba’zi hollarda hamkasblarga yuborish odatiy hol bo‘lishi mumkin, lekin begonalarga emas.

Ogohlantirilmasdan qilingan qo‘ng‘iroqlar ham normal holat. Agar javob bera olsam, javob beraman, agar bunday bo‘lmasa, odatda, hozir gaplasha olmasligim haqida xabar jo‘nataman. Keyinroq qaytib qo‘ng‘iroq qilaman. Albatta, menga ko‘pincha ish vaqtidan keyin qo‘ng‘iroqlar keladi. Huquqshunoslik kasbi shunday. Mijoz istalgan vaqtda qo‘ng‘iroq qiladi, xabar yozadi. Men buni mamnuniyat bilan qabul qilmayman. Menimcha, bu masalada shaxsiy chegaralarni yaratish zarur, masalan, soat 18:00dan keyin qo‘ng‘iroqlar qabul qilinmasligi haqida ogohlantirish. Axir, etika qoidalari o‘zini komfort his qilishi uchun boshqalar bilan chegara o‘rnatish uchun kerak.

Men audio xabarlarni transkripsiya qilish uchun “Telegram” obunasini sotib olganman va bu qulay. Ba’zan mijozlarimdan audio xabar jo‘natishlarini so‘rayman, chunki odam o‘z so‘zlari bilan aniqroq tushuntira oladi.

Men asosan ish, oila yoki ba’zi xizmatlarga oid savollar yuzasidan, masalan restorandan stol bron qilish, qo‘shimcha ma’lumot olish uchun qo‘ng‘iroq qilaman. Bugungi kunda ko‘pchilik qo‘ng‘iroqlarga qarshi ekanligi haqiqatdan yiroq. Lekin, qo‘ng‘iroqlarni suiiste’mol qiladigan va shaxsiy chegaralarni buzadigan odamlar borligiga qo‘shilaman.

Qo‘ng‘iroq qilish muloqot qilishning yagona usuli emas. Yozish, emoji yoki rasm yuborish imkoniyatining paydo bo‘lishi qo‘ng‘iroqlar sonini kamaytirdi, shu sabab ham ko‘pchilik ularni qo‘ng‘iroq qilishdan afzal ko‘radiganga o‘xshaydi. Ammo ba’zida telefonda gaplashish shunchaki yozishdan ko‘ra yaxshiroqdir.