Avvalroq O‘zbekistonning oltita hududida metan zapravkalar faoliyatiga qo‘shimcha cheklovlar kiritilgandi.
13-dekabrdan Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 547ta AGTKSh belgilangan grafik bo‘yicha ishlaydi.
Undan keyin mazkur “zapravkalar” faoliyati qayta ochilishi ma’lum qilindi. Ya’ni, cheklovlar kiritilgan shoxobchalar faoliyatini qisqa fursatda tiklash maqsadida tayyorgarlik ishlari olib borildi.
15-dekabr kuni yuqoridagi hududlardagi AGTKShlar faoliyatiga kiritilgan qo‘shimcha cheklovlar yumshatildi. Bu haqda “Hududgazta'minot” xabar berdi.
Ular mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida ish faoliyatini davom ettiradi.
Vodiy viloyatlardagi metan “zapravka"lar faoliyatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini keskin oshirgan.
AYOQShlarga yetkazib beriladigan kunlik benzin hajmi 400 tonnadan o‘rtacha 800 tonnaga oshirildi. Talab etiladigan 7,8 ming tonna benzin zaxirasi vodiyga yo‘naltirilgan.
12-dekabrdan AGTKShlarning ish vaqti o‘zgartirilib, soat 06:00dan 12:00gacha faoliyat olib borishi belgilangandi.
Undan oldin, 8-dekabr kuni Energetika vazirligi barcha AGTKShlar faoliyatiga cheklov kiritilganini ma’lum qildi. Bunda ular faoliyati soat