“Oqtepa lavash” umumiy ovqatlanish shaxobchasining faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqarmaning Ekologik nazorat bo‘yicha inspeksiyasi tomonidan shahobcha faoliyatida kamchiliklar aniqlangan.
Xususan, “Oqtepa lavash” umumiy ovqatlanish shaxobchasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi qonunning 15, 24, 25, 41-moddasi hamda “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida"gi qonunning 11,13, 21-moddasi talablarini qo‘pol ravishda buzgan.
Shundan kelib chiqib, boshqarma tomonidan Davlat ekologik ekspertiza xulosasini olgungacha faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish bo‘yicha Toshkent shahar Tumanlararo Iqtisodiy Sudiga da’vo arizasi kiritilgan.