Yevrokomissiya Ilon Maskga tegishli “X” ijtimoiy tarmog‘i (avvalgi Twitter) faoliyati yuzasidan rasmiy tekshiruv boshladi. Bu haqda “The Insider” nashri xabar bermoqda.

Kompaniya Yevropa Ittifoqining dezinformatsiya, noqonuniy kontent va shaffoflik haqidagi qonunchiligini buzganlikda ayblanmoqda.

Bu haqda “X"dan internet platformalarida nafrat so‘zlari, irqchilik va soxta yangiliklarning oldini olishga qaratilgan Yevropa qonunlariga muvofiqligini isbotlash so‘ralganidan bir necha hafta o‘tib e’lon qilindi.

Joriy yilning avgust oyida qabul qilingan Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunga (DSA) ko‘ra, kompaniya umumiy daromadining 6%i miqdorida jarimaga tortilishi yoki Yevropa Ittifoqida faoliyat yuritishi taqiqlanishi mumkin.

Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash bo‘yicha mas’ul Yevropa Ittifoqi komissari Tyerri Breton “X"dagi postida tergov boshlanganini tasdiqladi.

U tergov ijtimoiy tarmoq interfeysining aldamchi dizaynini ham o‘z ichiga olishini ta’kidladi. Gap dastlab hisobning haqiqiyligini tasdiqlashi kerak bo‘lgan “tasdiqlanganlik” belgisining nazoratsiz sotuvi haqida ketmoqda.

Iyul oyida Kaliforniyada Breton bilan uchrashganidan so‘ng, Mask qonunga rioya qilishga tayyorligini ta’kidladi.


Avvalroq “Spot” “X” 2024 yilda to‘liq xususiyatli tanishuv platformasiga aylanishi haqida yozgandi.

Shuningdek, kelasi yilda ijtimoiy tarmoq raqamli bank sifatida ham ish boshlashi rejalashtirilgan.