“Forbes” 2023-yil dekabr holatiga ko‘ra dunyoning eng boy 10 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, hamon Ilon Mask birinchi pog‘onani egallab turibdi. Uning boyligi $245 mlrd sifatida baholangan.
Ikkinchi o‘rinni fransuz milliarderi, “Louis Vuitton” kompaniyasi rahbari Bernard Arno $191 mlrd bilan band etdi.
“Amazon” asoschisi Jeff Bezos uchinchi o‘rinda. Uning boyligi dekabr oyida $168 mlrddan oshgan.
“Forbes” talqiniga ko‘ra 2023-yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra dunyoning eng boy 10 nafar milliarderi:
Milliarder | Boyligi |
Ilon Mask | $245,3 mlrd |
Bernard Arno | $191,3 mlrd |
Jeff Bezos | $168,4 mlrd |
Larri Ellison | $146,5 mlrd |
Uorren Baffet | $119,3 mlrd |
Bill Geyts | $117,6 mlrd |
Mark Sukerberg | $115,9 mlrd |
Stiv Balmer | $112,8 mlrd |
Larri Peyj | $111,7 mlrd |
Sergey Brin | $107,3 mlrd |
Qayd etilishicha, noyabr oyi milliarderlar uchun aksiyalar narxi bo‘yicha juda yaxshi oy bo‘lgan.
Dunyodagi eng boy 10 kishining barchasida daromad oshishi kuzatilgan bo‘lib, ularning boyligi jami 9%ga o‘sdi.
Oktabr oyida ham Ilon Mask “Forbes” talqini bo‘yicha AQShning eng boy odamlari ro‘yxatida yana birinchi o‘rinni egallagandi.
O‘sha paytda “SpaceX” va “Tesla” kompaniyalari egasining boyligi $251 mlrdga baholangandi.
Ikkinchi o‘rinni Amerikaning “Amazon” korporatsiyasi asoschisi Jeff Bezos $161 mlrd boylik bilan egalladi.
Uchinchi o‘rinda “Oracle” korporatsiyasi asoschisi va sobiq bosh direktori Larri Ellison $158 mlrd bilan turibdi.