Andijon viloyatidagi AYoQShlarningv Ai-80 benzini Ai-92 yoki Ai-95 markali benzin sifatida sotilayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat hokimining matbuot kotibi Muslimbek Ibrohimov ma’lum qildi.
Viloyat hududiga 500 tonna Ai-80 markali benzin keltirilganiga qaramay, haydovchilardan mazkur markadagi benzin yetishmayotgani haqida murojaatlar bildirilmoqda.
Mazkur masala nazoratga olinib, tegishli mutasaddilar tomonidan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyati o‘rganilmoqda.
“Energiyainspeksiya” hududiy boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlari davomida, yuqoridagi kabi holatga yo‘l qo‘ygan AYoQShlar aniqlandi.
Xususan, 14−15 dekabr kunlari ishchi guruh tomonidan hududdagi AYoQShlarda sotilayotgan mahsulotlardan namunalar olingan.
Natijada, olingan jami 17ta namunadan 7tasida sifatsiz mahsulotlar sotilayotgani ma’lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, Andijon shahri va Andijon tumanida aniqlangan mazkur holatlar bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Nazorat tadbirlari viloyatning boshqa shahar va tumanlarida ham olib boriladi.
4-dekabrdan Andijondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatildi. Ularga tabiiy gazni yetkazib berish vaqti soat 06:00dan 15:00gacha qilib belgilandi.
8-dekabr kuni esa Energetika vazirligi barcha AGTKShlar faoliyatiga cheklov kiritilganini ma’lum qildi. Bunda ular faoliyati soat
13-dekabrdan Toshkent shahri, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridagi 547ta AGTKSh belgilangan grafik bo‘yicha ishlay boshladi.
Undan keyin mazkur “zapravkalar” faoliyati qayta ochilishi ma’lum qilindi. 15-dekabr kuni yuqoridagi hududlardagi AGTKShlar faoliyatiga kiritilgan qo‘shimcha cheklovlar yumshatilib, tasdiqlangan reja-grafik asosida ish faoliyatini davom ettirishi belgilandi.
Vodiy viloyatlardagi metan “zapravka"lar faoliyatiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar iste’molchilarning avtobenzinga bo‘lgan talabini keskin oshirgan.
AYOQShlarga yetkazib beriladigan kunlik benzin hajmi 400 tonnadan o‘rtacha 800 tonnaga oshirildi. Talab etiladigan 7,8 ming tonna benzin zaxirasi vodiyga yo‘naltirilgan.