Samarqand shahrida energetika tizimiga zarar keltirgan mayning fermasi faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qildi.
Samarqand viloyatida o‘tkazilgan navbatdagi reyd tadbirida Samarqand shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “G.B.M” MChJ 47 dona mayning qurilmasiga ega mayning ferma faoliyatini tashkil etganligi aniqlandi.
Xususan, korxona mebel ishlab chiqarish sexi shaklida ro‘yxatdan o‘tib, yashirincha mayning faoliyati bilan shug‘ullangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur korxona tomonidan davlat manfaatlariga 9,85 mlrd so‘mdan ziyod qo‘shimcha zarar undirishga qaratildi.
Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.
Avvalroq Samarqandda noqonuniy mayning ferma faoliyati bilan shug‘ullangan fuqaro davlat manfaatlariga 2,37 mlrd so‘mlik zarar yetkazgani aniqlangandi.