Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv o‘tkazilgan davra suhbatida ko‘tarilgan masalalar, markirovka va integratsiya jarayonlarida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan soliq xizmati organlari va tadbirkorlar o‘rtasida tashkil etiladi.

Tadbir joriy yilning 21-dekabr kuni soat 15:00da qo‘mitaning “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazida o‘tkaziladi. Manzil: Muqimiy ko‘chasi, 166.

Shuningdek, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari bo‘yicha hududiy soliq organlari tomonidan chiqarilgan qarorlar ustidan shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun “Soliq tekshiruvi yuzasidan shikoyat” “Telegram"-boti ishga tushirildi.

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Savdo-sanoat palatasi tomonidan Soliq kodeksining 227 prim 1-moddasi qo‘llanilishi bilan bog‘liq choralarini yumshatishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi tayyorlangan.

Joriy yilning mart oyida O‘zbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini markirovkalash tartibi o‘zgartirildi. Unga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarini davlat tilida majburiy markirovkalash kelasi yilgacha vaqtinchalik to‘xtatiladi.