O‘zbekistonliklar Turkiyaga mehmonxona ishlariga taklif etilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbout xizmati xabar berdi.

Hozirda xona tozalovchi, oshxona ishchisi, yordamchi ishchi, maydon tozalovchi hamda oshpazlik uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Ish haqi 16 ming lira ($550) maosh soliqlar to‘langandan keyingi hisobda keltirilgan.

ish vaqti 6 kun, 8 soatdan olib boriladi. Konsullik yig‘imidan tashqari barcha xarajatlar ish beruvchi hisobidan qoplab beriladi.

Nomzodlar 18 yoshdan 45 yoshgacha, tajribaga ega, rus yoki ingliz tilida boshlang‘ich darajada so‘zlasha olishi zarur.

Shuningdek, sudlanmaganlik va O‘zbekistondan chetga chiqishga taqiq yo‘q bo‘lishi kerak.

Nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bunda 100ta fuqaro ro‘yxatdan o‘tgandan keyin arizalar qabuli to‘xtatiladi. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq Turkiya bilan o‘zbekistonliklar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yaratishda hamkorlik qilinishi haqida xabar berilgandi. Mamlakat ish beruvchilari bilan qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalariga o‘zbekistonliklarni jalb qilish bo‘yicha dastlabki kelishuv imzolandi.