IT-kompaniyalarni bo‘sh turgan binolarga bepul joylashtirish uchun arizalar qabuli boshlandi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’lum qildi.
Mazkur tashabbus 20-dekabr kuni axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish masalalariga qaratilgan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan.
Prezident IT-kompaniyalarni hududlardagi foydalanilmayotgan davlat obyektlariga bir yil muddatga bepul joylashtirish vazifasini topshirgan.
Har bir hududda, shuningdek, markaziy apparatda murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun mas’ul shaxslar — Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi xodimlari biriktirilgan.
Quyida jami 15ta mas’ul shaxsning aloqa ma’lumotlari keltirilgan:
T/r | Hudud | Mas’ul shaxslar | Aloqa raqamlari |
1 | Markaziy apparat | Abdujabarova Madina Furkatovna | (+998) 71 259−21−14 (+998) 71 259−22−70 |
2 | Qoraqalpog‘iston | Babanazarov Dauran Rustamovich | (+998) 90 707−99−89 (+998) 61 222−02−16 |
3 | Andijon viloyati | Akbarov Abdurashid Azimovich | (+998) 74 223−21−16 (+998) 93 425−72−72 |
4 | Buxoro viloyati | Umedov Xikmatillo Sobirovich | (+998) 93 477−28−77 (+998) 65 221−53−09 |
5 | Jizzax viloyati | Eshbekov Abror Axmatovich | (+998) 72 226−38−88 (+998) 77 265−81−81 |
6 | Qashqadaryo viloyati | Yusufov Ma’rufjon Orif o‘g‘li | (+998) 91 962−63−61 (+998) 97 279−65−05 |
7 | Navoiy viloyati | Ibrohimov Hamidullo Ubaydullayevich | (+998) 79 220−62−10 (+998) 79 220−62−16 |
8 | Namangan viloyati | Jo‘raboyev Oybek Odiljon o‘g‘li | (+998) 94 176−54−54 (+998) 69 233−41−89 |
9 | Samarqand viloyati | Abilov Dilmurod Kuchkarovich | (+998) 90 453−54−85 (+998) 66 221−70−16 |
10 | Sirdaryo viloyati | Botirov Fazliddin Sayfiddin o‘g‘li | (+998) 94 588−13−30 (+998) 67 226−57−47 |
11 | Surxondaryo viloyati | Xoshmurodov Qaxramon Panji o‘g‘li | (+998) 91 904−44−47 (+998) 93 635−26−40 |
12 | Toshkent viloyati | Ubaydullayev Ravshanjon Xamidullo o‘g‘li | (+998) 90 331−72−36 (+998) 90 956−77−00 |
13 | Farg‘ona viloyati | Madaminov Oybek Mirobid o‘g‘li | (+998) 91 123−46−42 (+998) 73 244−56−70 |
14 | Xorazm viloyati | Eshchanova Shoxida Ikramovna | (+998) 88 601−30−03 (+998) 62 223−17−05 |
15 | Toshkent shahri | Raximov Hayotjon Saydullayevich | (+998) 91 204−88−00 (+998) 99 898−58−10 |
IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni xalqaro kompaniyalar talabiga mos dasturlar asosida tayyorlash va ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Prezident Raqamli texnologiyalar vazirligiga kelgusi yilda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni topshirgan.
Avvalroq Jahon banki O‘zbekistonga $50 mln miqdorida imtiyozli kredit ajratishi haqida xabar berilgandi. Mazkur mablag‘lar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, axborot texnologiyalari sohasida ish o‘rinlarini yaratish loyihalariga yo‘naltiriladi.