“Samsung” kompaniyasi 2024-yil yanvar oyida “Galaxy S24” smartfonlarini o‘z ichiga olgan “Galaxy Unpacked” taqdimotini o‘tkazadi, deya xabar bermoqda “Sparrow News” nashri.

“Samsung"ning sizdirilgan tizeriga ko‘ra, “Galaxy Unpacked 2024” tadbiri 18-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.

Tizerda “Samsung” flagman qurilmalarining yangi avlodida paydo bo‘ladigan “Galaxy AI” texnologiyasining anonsi ko‘rsatilgan.

galaxy 24, samsung

“Galaxy S24” smartfonlarining bo‘lajak flagman liniyasining xarakteristikalari haqida ilk ma’lumotlarni taqdim etildi.

Unga ko‘ra, “Galaxy S24”, “S24+” va “S24 Ultra” AQSh, Kanada va Xitoy versiyalarida “Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3” chipsetidan quvvatlanishi kutilmoqda.

Boshqa mamlakatlar iste’molchilariga “Samsung” tomonidan ishlab chiqilgan Exynos 2400 chipi taklif qilinishi mumkin.


Avvalroq “Spot” “Samsung” smartfonlariga qo‘ng‘iroqlarni real vaqtda tarjima qilish funksiyasi qo‘shilishi haqida yozgandi.

Sun’iy intellekt tarjimoni kelasi yil chiqarilishi kutilayotgan Galaxy S24 telefonlari bilan birga taqdim etilishi mumkin.

Shuningdek, “Samsung” “Exynos” protsessorlaridan voz kechishi haqida xabar berilgandi.

Kompaniya mazkur protsessorni “Dream Chip” bilan almashtiradi va uni “Galaxy S25” bilan birga taqdim qilishi mumkin.