“2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2024-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:
barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar):
- 22 mart — juma;
- 11-aprel — payshanba;
- 18-iyun — seshanba;
- 3-sentabr — seshanba;
- 31-dekabr — seshanba.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun:
- 2-yanvar — seshanba;
- 23-mart — shanba;
- 12-aprel — juma;
- 31-avgust — shanba;
- 30-dekabr — dushanba.
5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chiriladi:
- 6-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — seshanba kuniga;
- 13-aprel — shanba kunidan 12-aprel — juma kuniga;
- 14-dekabr — shanba kunidan 30-dekabr — dushanba kuniga.