Toshkent shahar hokimligi Yangi yil bayrami arafasida poytaxtning qaysi bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilgani haqida ma’lumot berdi.
Tashkil qilingan bozorlar ro‘yxati quyida keltirilgan:
- Bektemir tumani — “Qo‘yliq dehqon bozori”, “Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori”;
- Mirobod tumani — “Mirobod dehqon bozori”;
- Mirzo Ulug‘bek tumani — “Navro‘z dehqon bozori”;
- Sergeli tumani — “Sergeli dehqon bozori”;
- Olmazor tumani — “Qora Qamish dehqon bozori”;
- Uchtepa tumani — “Farhod dehqon bozori”;
- Shayxontohur tumani — “Eski Juva dehqon bozori”;
- Yashnobod tumani — “Aviasozlar dehqon bozori”;
- Yunusobod tumani — “Yunusobod dehqon bozori” va “Oloy dehqon bozori”;
- Yakkasaroy tumani — “Askiya dehqon bozori”;
- Chilonzor tumani — “Chilonzor dehqon bozori”.
Hokimlikning qayd etishicha, dam olish kunlari bozor hududida bayram arafasi madaniy dasturlarini tashkilllashtirish ham rejalashtirilgan.
Shuningdek, dehqon bozorlari Yangi yilning 1-yanvar kuni ham ishlaydi.
Avvalroq prezident Yangi yil bayramida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalarini tashkil etishni topshirgandi. Narx-navolarni asossiz oshirishga urinish Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olinadi.
Bundan tashqari, madaniy tadbirlar o‘tkazilishi, ko‘ngilochar dasturlar va xizmatlar ko‘paytirilishi belgilangan.