Avvalroq “UzAuto Motors” kompaniyasi ommabop avtomobillar uchun onlayn shartnomalar tuzish boshlanishini ma’lum qilgandi.
Kontraktatsiya ochilgan vaqtdan (14:00) boshlab, 25-dekabr soat 18:00 holatiga, “UzAutoSavdo” platformasi orqali jami 30 500dan ortiq shartnomalar tuzilgan. Bu haqda haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Onlayn-savdo tizimi 6 999ta kiberhujumga uchragan. Bu vaqt oralig‘ida 2,8 mlndan ortiq faol seanslar qayd etilgan.
Shuningdek, kompaniyaning Call-markazi tomonidan 1800ta murojaatlar qabul qilingan va ko‘rib chiqilgan.
Avvalroq “UzAuto Motors” to‘liq onlayn savdoga o‘tishi ma’lum qilingandi. Noyabr oyi boshida ochilgan kontraktatsiya jarayonida kompaniya rasmiy sayti va mobil ilovasida texnik nosozliklar, dilerlik markazlarida esa tartibsizliklar yuzaga kelgandi.
“UzAuto Motors” kompaniyasi 22-dekabr kuni soat 12:00da “Cobalt”, “Damas” hamda “Labo” avtomobillari uchun onlayn kontraktatsiyani ochishini ma’lum qilgandi.
Birqo, “UzavtoSavdo” tizimi hamda mobil ilovasida qator uzilishlar yuz berdi. Natijada, 2024-yilda ishlab chiqarilishi belgilangan modellar uchun kontraktatsiya ochilmadi.
Kompaniya dilierlik markazlari orqali avtomobillarni yetkazib berish muddatiga aniqlik kiritdi. Kompaniya xaridorlarga dilerlik markaziga yetkazilgan avtomobillarni 5 ish kuni ichida olib ketishni tavsiya qildi.