“Microsoft"ning sun’iy intellektli “Copilot” chat-boti endi “GenAI"ning Suno musiqa xizmati bilan integratsiyalashgan holda qo‘shiqlar yozishi mumkin, deya xabar berdi “TechCrunch”.
Foydalanuvchilar “Copilot"ga istalgan mavzudagi g‘oyalarni kiritishlari mumkin bo‘ladi, “Suno” esa matni, ohangi va ijrochilarning ovozi bilan qo‘shiq taklif qiladi.
“Copilot” foydalanuvchilari “Suno” integratsiyasiga “Microsoft Edge"ni ishga tushirib va hisob qaydnomalariga kirish hamda “Suno” plaginini yoqish orqali kirishlari mumkin.
“Biz ishonamizki, bu hamkorlik ijodkorlik va o‘yin-kulgi uchun yangi ufqlarni ochib, musiqa yaratish hamma uchun ochiq bo‘ladi”, dedi ishlab chiquvchilar.
“Suno” neyron tarmoqlarni o‘qitish uchun manbalarni oshkor qilmaydi, shuningdek, foydalanuvchilarga so‘rov sifatida muayyan ijrochilarning uslublarini kiritishni taqiqlamaydi.
Avvalroq “Spot” “Google” musiqa yozuvchi sun’iy intellektni taqdim etgani haqida yozgandi.
Sun’iy intellekt modeli mashhur san’atkorlarning uslubiga taqlid qiluvchi yuqori sifatli vokal, qo‘shiq matni va musiqalarni yaratishi mumkin.