Polshaning “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi 2024-yildan Varshava va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Parvozlar 2024-yil aprel-iyun oylariga rejalashtirilgan bo‘lib, haftada to‘rt marta amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, an’anaga ko‘ra, birinchi reysda Polьsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, turizm vaziri o‘rinbosari, parlament vakillari va boshqa rasmiy shaxslar O‘zbekistonga keladi.
Joriy yil boshida Polshaning “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi Varshava-Toshkent-Varshava yo‘nalishida charter reysni amalga oshirishi ma’lum bo‘lgandi.
10-mart kuni aviakompaniya Varshava-Toshkent-Varshava yo‘nalishida birinchi yo‘lovchi charter reysini amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.
Avgust oyida “O‘zaviatsiya” agentligi “LOT Polish Airlines"ga aviatashuvchilariga parvozlarni amalga oshirish uchun Ekspluatatsion ruxsatnomalarini berdi.
“LOT Polish Airlines” — shtab-kvartirasi Varshavada joylashgan Polsha aviakompaniyasi. Aviakompaniya dunyodagi qadimgi, yirik va vakillari ko‘p alyans — “Star Alliance” a’zosi hisoblanadi.
Avvalroq “Spot” “Centrum Air” Toshkentdan Hindistonga parvozlarni amalga oshirishi haqida yozgandi.
Avaikompaniya 5-dekabrdan Goa shahriga aviaqatnovlarni boshlashi, reys haftada bir marta — seshanba kunlari amalga oshirilishi ma’lum qilingandi.