“Mercedes-Benz” avtomobillariga mast haydovchini aniqlash sensori o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda “Business Korea” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, avtomobil ishlab chiqaruvchisi Koreyaning “PiQuant” kompaniyasining haydovchilarga qondagi alkogol miqdorini tekshirish imkonini beruvchi texnologiyasi bilan qiziqmoqda.

Nafasni tekshirish uchun sozlangan boshqa shunga o‘xshash taklif qilingan sensorlardan farqli o‘laroq, texnologiya barmoq izi skaneri yordamida mast haydovchilarni aniqlaydi.

Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, texnologiya dvigatelni ishga tushirish tugmasiga o‘rnatilishi mumkin, agar haydovchida mastlik holati aniqlansa, u mashinani ishga tushira olmaydi.

“Mercedes-Benz”, shuningdek, “JD Solution” kompaniyasining yana bir koreys ishlanmasi bilan qiziqmoqda.

Qayd etilishicha, u yo‘naltirilgan akustik to‘lqinlar yordamida faqat haydovchi yo‘nalishi bo‘yicha ovoz chiqaradi.

Bu, masalan, avtomobil yo‘lovchilari emas, balki faqat haydovchi yo‘lda maslahatlarni eshitishi uchun kerak bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “Mercedes-Benz” Rossiyadagi zavodini sotayotgani haqida yozgandi.

Kelishuv hujjatlar bilan bog‘liq ayrim muammolar tufayli oxiriga yetmay turgani xabar berilgandi.