Toshkent metropoliteni Yangi yil bayrami kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ishlash vaqti qanday tartibda ishlashini ma’lum qildi.
31-dekabr, yakshanba kuni metro poyezdlari harakati doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi. Ish vaqtining tugashi esa, bir soatga uzaytiriladi.
Bunda barcha metro bekatlari 31-dekabr kuni soat 05:00dan 1-yanvar soat 01:00gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida — 2023-yilning 30-dekabr hamda kelasi yilning 1−2-yanvar kunlari metro poyezdlari boshqa tartibda harakatlanadi.
Ya’ni, shu kunlari yakshanba uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00dan 00:00gacha olib boriladi.
Avvalroq “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati ham Yangi yil bayrami kunlari Toshkent shahrida avtobuslar harakati qanday tashkil etilishi haqida ma’lumot bergandi.
Dam olish kunlarida avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yo‘nalishlarining faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:
- 30-dekabr, shanba-dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 31-dekabr, yakshanba — ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 1-yanvar, dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 2-yanvar, seshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 6-yanvar, shanba — ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Avvalroq Toshkentning qaysi bozorlarida savdo yarmarkalari tashkil etilgani haqida ma’lumot berilgandi. Poytaxt tumanlaridagi jami 13ta bozorda arzonlashtirilgan mahsulotlar savdosi tashkil etilgan.