O‘zbekiston va Qirg‘iziston 2024-yildan boshlab 12ta avtomobil modelini birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda “Kabar” agentligi mamlakat Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyevga tayanib xabar berdi.

Ayni paytda “Oltin-Tulpar” avtomobil yig‘ish zavodini ishga tushirishga hozirlik ko‘rilmoqda. “O‘zavtosanoat” bilan qo‘shma loyiha hisoblanadi. O‘ylaymanki, kelgusi yilda mo‘ljallangan quvvatiga yetadi. Qurilish va foydalanishga topshirish ishlari yakunlanmoqda", — deya qayd etdi u.

2023-yilning yanvarida Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga rasmiy tashrifi davomida mazkur zavodni qurishga kelishilgandi. Mart oyida ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuv Qirg‘iziston Joqarg‘i Keneshining tegishli qo‘mitasiga taqdim etildi.

Aprel oyi oxiriga kelib, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Qirg‘izistonda avtomobil va tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

“O‘zavtosanoat"ning qo‘shma korxonadagi hamkori “DT Technik” kompaniyasi hisoblanadi. Zavod ishga tushirilishining birinchi yilida yirik blokli yig‘ish usuli bo‘yicha 10 mingta avtomobil ishlab chiqarish kutilmoqda.

Kelgusida ishlab chiqarish hajmi 30 mingtagacha oshiriladi va ayrim butlovchi qismlarni Qirg‘izistonda mahalliylashtirish bilan kichik ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

Chuy viloyatida avtomobillarni yig‘ish va ishlab chiqarish zavodi qurilishi may oyining o‘rtalarida boshlangan. Qirg‘iziston Bosh vaziri Oqilbek Japarov loyihani “har ikki davlat uchun strategik ahamiyatga ega” deb atadi.

Avvalroq “UzAuto Motors” “sotish” uchun taklif qilingan shartnomalarni maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritishi haqida xabar berilgandi.