Soliq qo‘mitasi ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun ijara haqining eng kam stavkalari o‘zgarishini ma’lum qildi.

O‘zgartirishlar 25-dekabr kuni prezident tomonidan imzolangan 2024-yilgi davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun bilan belgilangan.

Mazkur stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga (yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalardan tashqari) ham tatbiq etiladi.

Belgilangan stavkalarning minimal miqdorlari quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan:

Ijaraga beriladigan mol-mulk turi
Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi ko‘rsatkich
Oylik ijara to‘lovi stavkalarining minimal miqdorlari, so‘mda (o‘zgarishlar)
Toshkent
Nukus, viloyat markazlari
boshqa aholi punktlari
1. Binolar:
turar joy
Umumiy maydonning 1 km.metri uchun
25 000 (+47%)
12 000 (+14,3%)
5000 (+11,1%)
noturar joy
40 000 (+14,3%)
23 500 (+14,6%)
10 000 (+20,5%)
2: Avtotransport
yengil avtomobil (yo‘lovchilar, bagaj tashishga mo‘ljallangan hamda haydovchi o‘rnini hisoblamaganda, o‘rindiqlari soni 8tadan ko‘p bo‘lmagan avtomobillar)
1ta avtomobil uchun
780 000 (+12,2%)
mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari
1 550 000 (+12,7%)

Avvalroq hukumat qarori bilan davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangandi. Unga ko‘ra, davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxs tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.